19:13 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
50410

Rossiyalik taniqli muxolifatchi Aleksey Navalniy ogʻir ahvolda jonlantirish boʻlimida. uni olib ketish uchun Germaniyadan samolyot uchib kelgan, lekin shifokorlar uni transportirovka qilishga ruxsat berishmayapti.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Aleksey Navalnыyni samolyotdan kasalxonaga yotqizilishi, boshida aytilganidek, zaharlanish bilan bogʻliq emas, dedi Omsk 1-chi tez tibbiy yordam kasalxonasi bosh shifokori oʻrinbosari Anatoliy Kalinichenko.

Shifokor aytishiga koʻra, ayni damda shifokorlar "deyarli toʻliq tashxis qoʻyib boʻlgan".

"Bizda tashhis bor, asoratlar bor, bizda uning joriy holati bor – bularning barchasi biz qoʻygan tashxis tuzilmasiga toʻla mos keladi. Afsuski, men uni sizga oshkor etolmayman. Tashhis bemorimizning rafiqasi va ukasiga maʼlum qilindi", - deya qoʻshimcha qildi shifokor.

Avvalroq, viloyat shifokorlari N.I.Pirogov nomidagi NMXTS va akademik N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya NMITsdan anesteziolog-reanimatologlar va neyrofiziologlarni taklif qilishgani haqida xabar berilgan edi.

Kasalxonaga yotqizilganidan keyin Navalnыyning matbuot kotibi Kira Yarmыsh u oʻpkani sunʼiy shamollatish uskunasiga ulanganini va komada ekanligini aytdi. Yarmыsh Navalnыyning toksik zaharlanligini taxmin qilgan. Ushbu versiya oʻz tasdigʻini topmadi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, shifokorlar Navalnыyda insult, infarkt yoki infektsion shikastlanish belgilarini aniqlamadilar.

Juma kuni ertalab Omsk BSMP-1 bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy Navalnыyning ahvoli barqaror ogʻir deb baholanayotganini, tun davomida biroz yaxshilanganini, ammo "barqaror emas"ligini maʼlum qildi.

Omskda reanimatsiyada yotgan Aleksey Navalnыyning transportirovkasi hozircha maqsadga muvofiq emas va xavfli, bu shifokorlar konsiliumining fikri, bu haqda jurnalistlarga Omsk shahridagi BSMP-1 bosh shifokori oʻrinbosari Anatoliy Kalinichenko maʼlum qildi.

AQSH siyosatchilari ham rossiyalik jamoat arbobi Aleksey Navalnыyning extimoliy zaharlanishi haqidagi maʼlumotdan juda xavotirda. Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp ham AQSH Aleksey Navalnыyning kasalxonaga yotqizilishi bilan bogʻliq vaziyatni kuzatayotganini aytdi.

Parij va Berlin Omskda reanimatsiyaga yotqizilgan bloger Aleksey Navalnыyga tibbiy yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqda Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel qoʻshma matbuot anjumanida aytib oʻtdilar.

"Janob Navalnыyga kelsak, biz vaziyatdan juda tashvishdamiz va qaygʻudamiz", - dedi Makron.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Frantsiya hukumati blogger bilan bogʻliq voqeani tergovi borasida hushyor boʻladi. Makron Navalnыyning saqlab qolishlariga umid bildirdi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Navalnыyning kasalxonaga yotqizilgani va uning "tashvishli" holatidan hayratda qolganini aytdi.

"Umid qilaman va uning sogʻayib ketishini tilab qolaman. Va agar ular buni xohlasalar - menimcha, bu Frantsiya va Germaniyaga ham tegishli - biz har qanday tibbiy yordamni, shuningdek, Germaniya shifoxonalarini ham taqdim etishga tayyormiz, ammo xohish (bunday yordamga) u yerda (Rossiyada) bildirilishi kerak", - deya taʼkidladi u.

Aleksey Navalnыyning davolovchi vrachi Anastasiya Vasileva Rossiya hukumatidan uni Yevropa toksikologik markaziga olib borilishida yordam berishini soʻradi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "agar Navalnыyning chet elda davolanishiga ehtiyoj boʻlsa, bunday murojaatlar tez koʻrib chiqilishini" aytgan edi.

Germaniyaning Bild gazetasi juma kuni kechqurun Germaniyaning Nyurnberg ayeroportidan tibbiy samolyot uchgani haqida xabar bergan edi. Nashr Navalnыy Berlindagi "Sharite" klinikasiga olib borilishi rejalashtirishayotganini taxmin qilmoqda. FlightRadar saytiga koʻra, samolyot Omsk aeroportiga mahalliy vaqt bilan 12.10 (Moskva vaqti bilan 09.10)da qoʻngan, havo porti uning kelganini tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, payshanba kuni Navalnыy Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyot, blogger oʻzini yomon his qilgani sababli shoshilinch Omskka qoʻndi. U 1-chi tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizildi, viloyat SSV bemor reanimatsiyada ekanligini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular