14:30 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
259 0 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida, prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, AQSH va Xitoyning iqtisodiyotini "ajratib yuborishi" mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. AQSH Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida, prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, AQSH va Xitoyning iqtisodiyotini "ajratib yuborishi" mumkinligini aytdi.

Jurnalist Amerika yetakchisidan, agar u saylovlarda gʻolib boʻlsa, XXRga nisbatan qanday siyosat olib borilishini soʻradi. Tramp, bugungi kunga qadar AQSH "Xitoydan hech narsa olmaganini, faqat pullarni behuda yoʻqotganini" aytdi.

"Siz mendan (AQSH va Xitoy iqtisodlarini) ajratishga va Xitoy bilan biznes yuritishni toʻhtatishga tayyorligimni soʻrayapsizmi? Bu juda qiziq savol. ... Ular bizga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlishmoqda. Men bu haqda oʻylab koʻraman", - dedi AQSH prezidenti.

AQSH va Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy masalalar boʻyicha ziddiyatlar oʻtgan yildan "savdo urushi" rivojlanishi bilan faol ravishda davom etib kelmoqda.

AQSH va Xitoy savdo bitimining birinchi qismi boʻlgan vaqtincha ikki yillik savdo bitimini imzoladilar. Unda XXR AQShdan sotib olinadigan tovarlar hajmi yana 200 milliard dollarga oshirilishi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, Xitoyning umumiy qiymati 250 milliard dollarlik tovarlariga 25 foizlik belgilangan bojlar oʻz kuchini yoʻqotmadi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tramp Xitoy bilan savdo bitimini bekor qilish haqidagi maʼlumotni rad etgani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular