21:11 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
335 0 0

Rossiyalik shifokorlar germaniyalik hamkasabalariga barcha tashhislar natijalarini berishga va hamkorlik qilishga tayyor, dedi Peskov.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Rossiya shifokorlari Aleksey Navalniyning hayoti uchun 3 kun kurashishdi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Soʻnggi sutkada Yevropa OAVlarida ayni damda Germaniyaning "Sharite" klinikasida davolanayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy "xolinesteraza ingibitori" bilan zaharlangan boʻlishi mumkin, ushbu modda "Novichok" va boshqa jangovar zaharlovchi moddalar tarkibiga kiradi, degan xabarlar tarqalgan edi.  

Ushbu borada Dmitriy Peskov bir qator gʻarbiy jurnalistlarga quyidagilarni maʼlum qildi:

  • Kreml hozircha ushbu voqeani tergov qilish uchun jinoiy asos koʻrmayapti. Agar zaharlash holati aniqlansa, ish qoʻzgʻatiladi. 
  • Rossiya shifokorlari germaniyalik hamkorlariga Navalniyning birinchi tashhislari natijalarini berishga tayyor.
  • Rossiyalik shifokorlar muxolifatchi hayoti uchun 3 kun kurashdilar va ehtimol ushbu hayotni saqlab qoldilar. 
  • Kreml, hozir asosiysi Navalniy tuzalib ketishiga yordam berish, deb hisoblaydi.

Eslatib oʻtamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni zaharlanishda gumon qilib Omsk shahar kasalxonasiga yotqizilgan edi. Uning holati ogʻir deb baholanib u jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan. 3 kundan soʻng u davolash uchun shaxsiy samoyotda Germaniyaga olib ketilgan.

Xolinesteraza ingibitori - kerakli vaqt va kerakli joyda nerv impulslarini bloklash uchun xizmat qiladi. Bu modda farmatsevtika sohasida ham keng qoʻllaniladi. Masalan, koʻzga tomizuvchi suyuqliklar, turli ogʻriqni toʻxtatuvchi plastirlar tarkibida. Shuningdek, mineral oʻgʻitlar tarkibida ham uchraydi.

Asosiy mavzular