Ulkan anakonda va timsoh o‘rtasidagi jang videoga olindi

© Sputnik / Andrey Solomonov / Mediabankka o‘tishParagvayskaya anakonda
Paragvayskaya anakonda  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Braziliyada ulkan anakonda va timsoh o‘rtasidagi jang videoga olindi. Mahalliy aholi timsohni qutqarib qolishdi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Braziliyada mahalliy aholi ulkan anakonda bo‘g‘ib, yutmoqchi bo‘lgan alligatorni qutqardi, deb xabar berdi NDTV.

Videoda anakondaning timsohni o‘rab olgani va uni yutmoqchi bo‘lgani aks etgan.

Guvoh Dernando Raysning so‘zlariga ko‘ra, odamlar xavfli hayvonlarni arqon bilan aholi punktidan sudrab chiqishdi. Ular yirtqichlarni ajratib olishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Video ijtimoiy tarmoqda tezda tarqalmoqda. Ba’zi foydalanuvchilar tabiiy jarayoniga guvohlar aralashganidan norozilik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0