23:49 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
26001

Odamlar oʻrtasida qoratanli aholi diskriminatsiyasiga qarshi yuz bergan protestlar fonida amerikaning koʻplab shaharlarida "irqchilik" alomatlari boʻlgan koʻchalar, metro stantsiyalari va hattoki togʻlar nomlari oʻzgartirilmoqda.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Agata Kristining "Oʻnta negr bolasi" detektiv romani nomi oʻzgardi - endilikda Frantsiyada asar "Ular oʻnta edi" nomi bilan sotuvga chiqariladi, deb xabar qiladi chorshanba kuni RTL radiostantsiyasi muallif avlodi Jeyms Prichardga tayangan holda.

Kitobda hikoya qilingan voqealar avgust oyida oʻn kishi topilgan Negrlar orolida roʻy beradi. Syujet davomida ular birin-ketin oʻldiriladi, har bir oʻlim ortidan esa kichik negr bolalarining chinni haykalchalari yoʻqola boshlaydi.

"Kitob yozilgan vaqtda til boshqacha boʻlgan, bugungi kunda unutilib ketgan soʻzlardan foydalanilgan. Kitobdagi voqealar Agata Kristi tomonidan yozilmagan hisobli sheʼrga asoslanadi. Men aminmanki, asarning original nomi hech qachon AQShda foydalanilmagan. Buyuk Britaniyada u 1980 yillarda oʻzgartirilgan, va bugungi kunda biz uni butun dunyo boʻyicha oʻzgartirmoqdamiz", - deb aytgan Prichard.

Erkakning aytishicha, "kimdir u qoʻllagan soʻzlardan xafagir boʻlsa", bu Agata Kristiga yoqmagan boʻlardi.

© AFP 2018 / Frederic J. Brown

"Biz kimgadir tegib ketadigan atamalarni qoʻllamasligimiz kerak - 2020 yilda oʻzimizni shunday tutmogʻimiz lozim", - deb qoʻshimcha qildi Kristining avlodi vakili.

Yangi nomga ega kitob allaqachon Frantsiyada sotuvda paydo boʻlgan. 

Sal oldin afroamerikalik Jorj Floyd Minneapolisda politsiyachilar qoʻlida halok boʻlgach, amerikaning koʻplab shaharlarida protest va noroziliklar toʻlqini avj olgan edi. Odamlar qoratanli aholining rasizm va diskriminatsiyasiga qarshi noroziliklarni namoyish etdilar. Protestlar fonida qator ishlab chiqaruvchilar "irqchilikka" aloqadordek koʻringan mahsulotlar rebrendingini amalga oshirdilar. Shaharlar hukumatlari "irqchilik" alomatlari boʻlgan koʻchalar, metro stantsiyalari va hattoki togʻlar nomlarini oʻzgartirishmoqda. Koʻplab shaharlarda irqchilikka aloqasi boʻlgan yodgorliklar qoʻporilib tashlanmoqda.

Asosiy mavzular