06:18 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
62001

Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri loyihasida ishtirok etayotgan nemis kompaniyalarini jazolash boʻyicha AQShning doimiy tahdidlari tufayli, Germaniya matbuoti oʻz vazirlar mahkamasiga tobora radikal talablar qoʻyishni boshladi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri loyihasida ishtirok etayotgan nemis kompaniyalarini jazolash boʻyicha AQShning doimiy tahdidlari tufayli, Germaniya matbuoti oʻz vazirlar mahkamasiga tobora radikal talablar qoʻyishni boshladi.

Ish savdo toʻlaligicha yevroga oʻtkazilishi talablarigacha bordi.

Argumenti.ru Germaniyaning Der Spiegel jurnalining nashriga asoslanib xabar berishicha, Yevropa boshqa endi boshini qumga yashirolmaydi, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatʼiy qarshi choralar ustida ishlashlari, oʻzlarini himoya qilishlari shart.

Rossiya gazini sotib olish bilan Germaniya Rossiyani moliyalashtirishiga oid Vashingtonning Berlinga barcha daʼvolari Germaniyada shunchaki kulgili deb nomlanmoqda. Gap shundaki, Germaniya tomoni "Gazprom"dan 9 milliard dollarlik gazni sotib olgan bir paytda, AQShning oʻzi Rossiyaning 7 milliard dollarlik xom neftini sotib olgan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqidagilar sovuq havo paytida amerikaliklar hatto ruslarga Yamaldan Bostonga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz uchun minnatdor boʻlishganini hamon yaxshi eslashadi.

Biroq, hatto bu oddiy dalillar ham Germaniyaning butun boshli portlari va shaharlari iqtisodiyotini yakson qilish bilan tahdid qilayotgan Amerika yetakchisi Donald Tramp va uning maʼmuriyati pozitsiyasiga hech qanday taʼsir koʻrsatolmayapti. Der Spiegel yozishicha, buning ustiga, "agar AQShning Yevropadagi eksterritorial sanktsiyalariga rioya qilinsa, bu Yevropa qonunlarini buzish boʻladi. Shu tariqa, Mukran porti va 120 ga yaqin Yevropa korxonalari rahbarlari oldida mushkul tanlov turibdi: AQSH sanktsiyalariga duch kelish yoki Yevropa qonunchiligini buzish".

Agar ilgarilari Germaniyaning barcha takliflari Jahon Savdo Tashkilotida (JST) yoki xalqaro sudlarda yuridik tortishuvlar bilan chegaralanib qolgan boʻlsa, endi esa yanada radikal takliflar bildirila boshlandi. Der Spiegel endi nafaqat Amerikaning suyultirilgan gaziga bojxona toʻlovlarini oshirishni, balki Amerika qurollariga milliardlab dollar sarflashni toʻxtatishni ham taklif qilmoqda. Xususan, F-18 qiruvchilari uchun. Va hatto Germaniya kompaniyalariga tahdid solayotgan AQShning barcha siyosatchilarining Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlashni ham.

Bundan tashqari, Vashingtonning sanktsiyalariga munosib javob qaytarish maqsadida, nemis tahlilchilari "yevroni dollar bilan bir qatorda haqiqiy global valyutaga aylantirishni taklif qilishmoqda. Buning uchun kelajakda Yevropa kompaniyalari savdoni aynan yevroda amalga oshirishlari kerak boʻladi".

Sputnik radiosi ilgari xabar berishicha, "Sberbank" boshqaruv raisi German Gref Rossiya iqtisodiyoti koronavirusning oqibatlari bilan Yevropa va Amerikadan yaxshiroq kurasha olishini aytdi.

Asosiy mavzular