TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Suriyada Rossiya va AQSH harbiylari avtotransporti toʻqnashuvi sodir boʻldi.
Voqea 25 avgust kuni ertalab, Suriya shimoli-sharqidagi derik aholi punkti yaqinida sodir boʻlgan. Rossiya bronetrasnporteri AQSH zirhli mashinasiga urilishi oqibatida bir necha AQSH askarlari jarohatlangan.
Hodisadan soʻng AQSH qoʻmondonligi va Rossiya mudofaa vazirligi orasida muzokaralar boʻlib oʻtgan va voqea tafsilotlarini sir saqlashga kelishib olingan. Lekin voqea joyida olingan videolar internetda tarqalib boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin ham bir necha bor Rossiya va AQSH patrullari orasida turli darajadigi toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan edi. Aksariyat hollarda AQSH zirhli mashinalari Rossiya patruli yoʻnalishida paydo boʻlib uning oʻtishiga toʻsqinlik qilar edi.