Rossiyada havoda COVIDni aniqlaydigan apparat yaratildi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishLaboratoriya Sentra im. Gamalei
Laboratoriya Sentra im. Gamalei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Detektor-BIO" bir vaqtning o‘zida to‘liq avtomatik ravishda havoda 86 xil virus va bakterial yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni hamda toksinlarni aniqlashga qodir.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. S.A.Zverev nomidagi Krasnogorsk zavodi (KMZ, "Rostex"ning “Shvabe” xoldingi tarkibida) "Armiya-2020" forumida havodagi viruslarni, shu jumladan COVID-19ni, aniqlaydigan Rossiyada birinchi apparatni, taqdim etdi, deb ma’lum qildi RIA Novosti bilan intervyuda korxona bosh direktori Aleksandr Novikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Detektor-BIO" tibbiy-biologik apparati nafaqat viruslar, balki bakteriyalar va toksinlar mavjudligini ham aniqlashga qodir.

"Bu RF SSVning N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi bilan qo‘shma ishlanmadir. Ushbu moslama yordamida havo namunalarini avtomatik ravishda tahlillash, patogenlar konsentratsiyasi va boshqa omillarga qarab, 10 dan 30 minutgacha davom etadi", - dedi Novikov.

Ushbu qurilmaning davlat sinovlari iyun oyida yakunlandi, uning sertifikatsiyasi hozirda tayyorlanmoqda, shuning uchun unga buyurtmalar haqida gapirishga hali erta. "Ammo, bunga tayyorgarligimiz maksimal darajada va agar kerak bo‘lsa, biz xaridor talab qiladigan hajmda ishlab chiqarishga tayyormiz. Muhimi, ushbu qurilma havodagi turli xil patogenlarga ta’sirchan bo‘lishi, shuning uchun uni fuqarolik maqsadlarida ham, biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun ham qo‘llash mumkin". - dedi zavod bosh direktori.

"Shvabe" xoldingi matbuot xizmatida RIA Novosti-ga tushuntirishlaricha, "Detektor-BIO" - bu noyob mahalliy ishlanma bo‘lib, uning ichki bozorda analoglari yo‘q. "Rostex" va Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi texnologik hamkorlik doirasida "Shvabe" yetakchi ilmiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan biologik xavfsizlik ishlanmalarini va kichik va o‘rta biznesni jalb qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning prototiplarini sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish bo‘yicha integratsion markazi vazifasini bajaradi.

"Detektor-BIO" bir vaqtning o‘zida to‘liq avtomatik tarzda 86 hil virusli va bakterial xarakterdagi yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni, shuningdek atrof havodagi toksinlarni aniqlashga qodir. Tahlil ikki mustaqil usul orqali amalga oshiriladi - real vaqt rejimida polimeraza zanjiri reaksiyasi va immunoflouressensiya usulida. Qurilma odamlar ommaviy to‘planishi joylarida, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi paytida, infratuzilma inshoatlari, metro, aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va transport-ko‘chish uzellarida xavfsizlikni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0