Markaziy Osiyo va Chechenistondan kelganlar Yevropada terroristik tarmoqlarni yaratdilar - BMT

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Jeneva
Goroda mira. Jeneva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bosh kotibi o‘rinbosarining ma’ruzasida turli mamlakatlarda ekstremistik guruhlarning buzg‘unchi faoliyatiga misollar keltirilgan.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Kelib chiqishi Markaziy Osiyo va Chechenistondan bo‘lganlar Yevropada terroristik tarmoqlarni yaratdilar. Bu haqda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining rahbari Vladimir Voronkov BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolariga taqdim etgan hisobotida ma’lum qildi.

Boyevik dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda “IShID qassobi” laqabli razvedka boshlig‘i o‘ldirildi

Uning so‘zlariga ko‘ra Yevropa mamlakatlarida Markaziy Osiyo va Chechenistondan kelganlarni birlashtiruvchi terroristik tarmoqlar shakllanmoqda. Hujumlar uyushtirish va migrantlar orasida yollash uchun guruh tuzish ko‘rsatmasi berilgan bir guruh Tojikiston fuqarolarning hibsga olinishi bunga misoldir. Boshqa bir davlatda terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan bir guruh etnik o‘zbeklar aniqlandi.

"Yevropada asosiy xavf internetda "Islom davlati"* g‘oyalarini targ‘ib qilish orqali aholining radikallashuvidadir", - deyiladi ma’ruzada.

Voronkov aksariyat hukumatlar e’tibori koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan bir paytda terrorchilar pandemiya keltirib chiqargan noaniqliklardan taktik ustunlik sifatida foydalanishi va jiddiy zarba berishini istisno qilmadi.

* O‘zbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terroristik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0