14:52 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
62710

Vyetnamlik qariya 12 yoshidan beri sochini kesmagan. Sochlarini parvarishlashga qariyaning 62 yoshli kenja oʻgʻli yordam beradi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Vyetnamlik qariya Nguyen Van Chin qariyb 80 yildan beri sochini kestirmagan va hozirda sochlarining uzunligi besh metrga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, erkak 12 yoshidan beri sochini kestirmagan. Hozirda u 92 yoshda.

Qariya tugʻilganidagi holat buzilmay qolishligi kerakligiga ishonchi komil. Qariyaning fikriga koʻra, uning uzoq umr koʻrishi sochlariga bevosita bogʻliq.

"Agar sochlarimni olib tashlasam, men oʻlaman. Men sochlarimda hech narsani oʻzgartirmay oʻz holicha qoldiraman, hatto taramayman ham", - dedi Chin.

Qariya sochlarini toza tutadi va roʻmol bilan oʻrab olgan. Erkakning aytishicha, sochlarini oʻstirish uning asosiy vazifasi.

Vyetnamlik qariyaning kenja oʻgʻli, 62 yoshli Luom, uning sochlarini parvarishlashga yordam beradi. U otasining sochlari muqaddas va uni kesish mumkin emasligiga amin.

Asosiy mavzular