04:07 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
228 0 0

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan soʻng shifokorlar 2 kun ichida uning qon va siydigida 59ta analiz oʻtkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiyaning Sibir federal okrugi boʻyicha Transport politsiyasi tomonidan muxolifatchi Aleksey Navalniyning ehtimoliy zaharlanishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvda zaharlanish yoki kuchli taʼsir qiluvchi narkotiklar izini topmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Tekshiruv davomida Navalniy yashagan mehmonxona nomeri, u harakatlangan yoʻnalishlar sinchiklab koʻzdan kechirildi, videokamera yozuvlari oʻrganildi. Shuningdek zaharlanish isboti boʻlishi mumkin boʻlgan 100dan ortiq predmetlar tekshirish uchun olindi”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda ayni damda 20dan ortiq sud-tibbiy, biologik, fizika-kimyoviy va kriminalistik tekshiruvlar oʻtkazilmoqda va ayni damda ularning natijasi ham salbiy.

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan soʻng shifokorlar uning qon va siydik analizlarini sinchikovlik bilan oʻrganishgan. Xabarda aytilishiga koʻra 2 kun ichida Omsk shifokorlari 59ta analiz oʻtkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.

Keyinchalik Navalniy xususiy samolyotda Germaniyaning Charite klinikasiga olib ketilgan edi. U yerda shifokorlar dastlabki xulosasiga koʻra, muxolifatchi “xolinesteraza ingibitori turkumidagi modda bilan zaharlangan boʻlishi mumkin” degan dastlabki xulosaga kelishgan edi.

Moskvadagi 1-sonli Milliy kimyo-tibbiyot markazi Jonlantirish boʻlimi boshligʻi Boris Teplыx aytishiga qaraganda nemis shifokorlari aytayotgan versiya Rossiyalik shifokorlar tomonidan birinchi kundayoq tekshirilgan, lekin oʻz tasdigʻini topmagan. Germaniyaliya shifokorlar hozircha zaharlanishning klinik xususiyatlari haqida gapirishmoqda, lekin zaharlovchi moddaning oʻzini topishgani yoʻq.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi navalniy zaharlanishi versiyasini YEI va AQSH tomonidan shoshilnch olgʻa surilishini – shubhali deb atashdi. Rossiya tomoni boʻlib oʻtgan voqealarni sinchikov tekshirish tarafdori, dedi.

Asosiy mavzular