03:10 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
582 0 0

Kunduzgi muntazam va uzoq uyku oʻlim xavfini 19 foizga oshirishi mumkin - Xitoyning Guanchjou tibbiyot universiteti olimlari.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Kunduzgi muntazam va uzoq uyku oʻlim xavfini 19 foizga oshirishi mumkin. Bunday xulosaga Xitoyning Guanchjou tibbiyot universiteti olimlari kelishdi, tegishli tadqiqotni MedicalXpress chop etdi.

Mutaxassislar 313 651 kishi haqidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqdi, ularning 39 foizi kun davomida uxlashni odat qilishgan, shuningdek 20 dan ortiq ilmiy maqolalar maʼlumotlarini umumlashtirdilar. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kun davomida muntazam ravishda bir soatdan oshiq uxlaydigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 34 foizga va barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfi 30 foizga oshgan.

Taʼkidlanishicha, xavf odatda kuniga olti soatdan koʻproq vaqt egallagan kunduzgi uyqudadir. Biroq, olimlarning fikriga koʻra, har qanday davomiylikdagi kunduzgi uyku oʻlim xavfini 19% ga oshiradi. Shu bilan birga, ayollarda va keksa odamlarda uyqu va oʻlim xavfi oʻrtasidagi nisbat yanada yaqqolroq boʻlib mos ravishda 22 va 17 foizni tashkil etadi.

Avvalroq Sputnik radiosi uyqu boʻyicha shifokor (somnolog-tahr.) dam olish kunlari uxlab olishning eng yaxshi usuli haqida gapirib berganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular