22:00 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
85130

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Belarusdagi namoyishlar, Rossiyada yaratilgan vaktsina hamda Rossiya iqtisodi karantinda qanday saqlab qolingani haqidagi intervyusi.

TOSHKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun "Rossii-24" telekanali boshlovchisi Sergey Brilevga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyudan qiziq lavhalar keltiramiz.

Belorussiya haqida

Vladimir Putin qoʻshni respublikada Rossiyaga har jihatdan juda yaqin ekanini va u yerda sodir boʻlayotgan voqealarga befarq emasligini aytib oʻtdi.

“Belarus bizga juda yaqin, balkim eng yaqin mamlakatdir - etnik, til, madaniy, maʼnaviy va boshqa har qanday jihatdan. Bizning oramizda oʻnlab, yuz minglab va balkim millionlab toʻgʻridan-toʻgʻri qardoshlik aloqalarimiz bor", — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Belarussiya rahbari Aleksandr Lukashenko iltimosiga binoan huquqni saqlash organlaridan iborat maʼlum zahira kuchlar tayyorlagan, lekin ikkala prezident xulosasiga koʻra, hozircha qoʻshni mamlakat hududida Rossiya kuchlarini ishlatishga ehtiyoj paydo boʻlgani yoʻq.

“Vaziyat nazorat ostidan chiqmasa, siyosiy shiorlar ortiga yashiringan ekstremistik kuchlar maʼlum chegaradan oʻtib, talonchilik, avtomobillarga, banklarga oʻt qoʻyishni,  maʼmuriy binolarni egallab olishni boshlamagunicha, zahiradagi kuchlar ishlatilmaydi”, - dedi Rossiya prezidenti.

Shu oʻrinda Putin Rossiya va Belarus orasida ittifoqchilik shartnomasi borligini va undan ittifoqchilardan birining suverenitetiga, tashqi chegaralariga xavf tugʻilganda ikkinchisi yordam berish majburiyati borligini aytib oʻtdi. “Kerak boʻlsa Moskva Minskka oʻz majburiyatini bajarishiga kafolat beradi, - dedi Putin, va agar Belarus muammolari tinch yoʻq bilan hal boʻlmasa”, - deb qoʻshimcha qildi.

Rossiya prezidenti fikriga koʻra Belarus huquqni saqlash organlari, barcha qilinayotgan ishlarga (igʻvolarga) qaramasdan oʻzlarini xotirjam tutmoqda.

Belarusda qoʻlga olingan rossiyaliklar toʻgʻrisida Putin “bu Ukraina va AQSH maxsus xizmatlarining qoʻshma operatsiyasi” boʻlgan dedi.

“Hozir bu aniq boʻldi. Ushbu odamlardan aldov yoʻli bilan foydalanishgan. Ularga Lotin Amerikasi va boshqa uchinchi mamlakatlarlarda qonuniy ish vaʼda qilishgan. Lekin aslida aldov yoʻli bilan Belarus hududiga chaqirib olishgan va bundan prezident saylovoldi kampaniyasida foydalanishga harakat qilishgan” , - dedi Rossiya prezidenti.  

Koronavirus va Rossiya vaktsinasi haqida

Putin aytishiga qaraganda, Rossiya dunyo boʻyicha COVID-19dan oʻlimlar soni eng kam qayd etilgan mamlakatlar qatorida. Bunga barcha amaliy tayyorgarlikdan tashqari davlat rahbariyati epidemiya  boshlanganda birinchi oʻringa aholi hayoti va sogʻligini qoʻygan sabab boʻlgan.

“Bu birinchidan bizning sogʻliqni saqlash tizimimizning tayyorligini, mobilizatsiya imkoniyatlarini hamda xavflarni bartaraf etish choralarini oʻz vaqtida qabul qilish natijasidir”, - dedi prezident.

Ayni damda Rossyaning 8ta hududida umumaholi immuniteti 25%dan oshgan. Gamalei nomidagi Markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi vaktsina "Sputnik-V" qonunga muvofiq ravishda roʻyxatga olingan.

“Biz hayvonlar va koʻngillilarda klinikagacha boʻlgan sinovlarni oʻtkazdik. Bugun ushbu vaktsina inson organizmida mustahkam immunitet shakllantirishiga mutaxassislar shubha qilmayapti”, - dedi Rossiya yetakchisi. COVID-19

Shuningdek Vladimir Putin uning oʻz qizlaridan biri ham ushbu vaktsinani muvaffaqiyatli sinab koʻrganini xabar qildi.

“Emlanganidan soʻng birinchi kun uni harorati 38,4 daraja, ikkinchi kuni – 37 daraja boʻldi. 21 kun oʻtib ikkinchi marta emlanganda ham ozroq koʻtarildi, lekin hammasi yaxshi, - dedi Putin.

Prezident aytishiga koʻra, yangi vaktsinani sinab koʻrish haqidagi qarorni uning oʻzi mustaqil qabul qilgan. U ish yuzasidan koʻp odamlar bilan uchrashadi shuni uchun oʻzini himoyalashi kerak.

Rossiyaning Vektor markazi tomonidan ishlab chiqilayotgan ikkinchi vaktsina sentyabrda paydo boʻladi. Bu borada Putin ushbu Markaz mutaxassislari “odamlarga yordam beruvchi ajoyib preparat” ishlab chiqishlariga ishonishini aytdi.

Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini boʻlmaydi, lekin koronavirus hali ham shu yerda. Shuni uchun barcha xavfsizlik choralarini saqlash kerak. Karantin choralariga amal qilmagan ayrim mamlakatlarda kasallik avj olayotganini koʻrib turibmiz.  

Rossiyada shifoxona oʻrinlari va dori-darmon zahiralari yaratilgani tufayli kasallik avj olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, dedi Putin.

“Bizda barcha kerakli arsenal bor, sinovlar doimiy ravishda oʻtkazilmoqda. Kasallik imkon qadar yengilroq kechishi uchun, asorati qolmasligi uchun nima qilish kerakligini mutaxassislarimiz yaxshi bilshadi. Ushbu kurashda olingan barcha bilimlardan kelajakda  albatta samarali foydalanamiz”, - dedi Putin.

Iqtisod borasida

Putin aytishiga koʻra, Rossiya eng katta iqtisodiy muammolarni ortda qoldirgan.

“Umid qilamanki, biz asta sekin tiklana boshlaymiz. Kelasi yilda ushbu tiklanish taʼminlanadi deb oʻylayman”, - dedi prezident.

Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan bizning zahiralarimiz oʻsmoqda. Bu qoʻshimcha “xavfsizlik yostiqchasi” yaratadi. Bu juda muhim, albatta barcha muammolarni hal qilmaydi, lekin muhim. Biz ayrim hollarda kerakli mablagʻlar bilan taʼminlashimiz mumkin boʻladi, jumladan ijtimoiy sohani ham, - dedi prezident.

Neft narxi hozirgi 46 dollardan yuqoriroq boʻlishi ham mumkin edi, albatta. Bu yil YAIM koʻzlanganidan 5-6%ga kamayadi, lekin AQSH, YEI va boshqa mamlakatlarda – undan ham koʻp, dedi prezident.

Putin bu – hukumat tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasidir, dedi va ayrim ekspertlar ham ushbu fikga qoʻshilayotganini taʼkidladi.

“Ayrim sohalar koʻrgan zarariga qaramasdan hukumat yordamisiz qoldi. Hukumat bu borada albatta oʻz qarorini qabul qilishi kerak. Lekin umumiy hisobda, koʻplab ishchilar band boʻlgan sohalar: kichik biznes, qishloq xoʻjaligi, avtosanoat, qurilish sohalariga oʻz vaqtida yordam koʻrstildi va bu oʻz natijasini berdi”, - dedi Putin.

Asosiy mavzular