"Troya burguti" yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan "juchok" haqida

© TopwarGerb SShA so spratannim vnutri juchkom Lva Termena
Gerb SShA so spratannim vnutri juchkom Lva Termena  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh gerbi ichiga o‘rnatilgan batareyasiz ishlaydigan ovozni masofaga uzatuvchi moslama kim tomonidan va qanday yaratilgan edi.

Lev Sergeyevich Termen - AQSh millionerlari klubining a’zosi bo‘lgan, ikkita kompaniyaga egalik qilgan, Nyu-Yorkda 99-yil muddatga 6 qavatli uyni ijaraga olgan va eng hashamatli Kadillak sotib olgan. Lekin negadir u sovet fuqaroligidan voz kechmadi.

1896 yil 28-avgustda Sankt-Peterburgda elektrotexnik-muhandis Lev Termen tug‘ildi. AQShga Termen eng mashhur ixtirosi tufayli borib qoldi. Bu dunyodagi birinchi elektr musiqa asbobi edi: termenvoks. Bir quti, ikkita antenna, tovushlar qo‘llarning havodagi harakatlaridan paydo bo‘ladi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Olga Bugrova.

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishSovetskiy injener-izobretatel Lev Termen
Troya burguti yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan juchok haqida - Sputnik O‘zbekiston
Sovetskiy injener-izobretatel Lev Termen

1920-yillarida Termen Yevropa bo‘ylab gastrollar bilan yurib haqiqiy shov-shuvni chiqardi. U bilan amerikaliklar qiziqib qoldi: bu elektromexanik yana nimalarga qodir?

Uydirma uchun sakkiz yil

SSSRda uning ko‘chib ketishiga to‘sqinlik qilishmadi. Vaqti-vaqti bilan Lev Sergeyevichni Nyu-Yorkdagi sovet konsulligiga tushlik paytida yangi do‘stlari va kasblari haqida suhbatlashish uchun chaqirib turishardi. Termen u yerda tez fursatda yaxshi o‘rnashib oldi. AQShda terminvokslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi bilanoq, u "ritm mashinasi"ni va elektrviolonchelni ixtiro qildi (u professional violonchel ijrochisi bo‘lgan).

Ekran telefona - Sputnik O‘zbekiston
WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi

Keyin u tovushli signalizatsiyani ishlab chiqishni boshladi. Uning xavfsizlik tizimi shu qadar muvaffaqiyatli bo‘ldiki, u Amerikaning ikki yirik qamoqxonalariga o‘rnatildi: Sing-Sing va Alkatrasda. Musiqachi sifatida mashhur edi, muhandis sifatida esa u juda katta hurmatga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa 10-yil o‘tdi. 1938-yilda esa uni yashirincha SSSRga olib ketishdi. Nyu-Yorkdagi kvartirasiga kelib, uni mulat rafiqasi ko‘zini oldida olib ketishdi, "Stariy bolshevik" paroxodiga o‘tkizishdi, bir yildan kam vaqt o‘tgach u GULAGda bo‘ldi. Uni sovet siyosatchisini o‘ldirishga urinishda ayblashib, qatag‘on qilishdi. Go‘yoki Termen AQShdan turib aksil-sovetchi astronomlarga radio signal yuborib, ular Isakiyevskiy ibodatxonasida fugas bombasini portlatishlari kerak edi. Ushbu uydirma uchun unga 8-yil berishdi.

“Juchok” o‘rnatilgan burgut

U siyosiy mahbuslar lagerida uzoq qolib ketmadi. Deyarli bir zumda uni boshqa mahbus-olimlar bilan birga turli xil maxfiy ishlanmalar olib boriladigan "sharashka" ga tayinlashdi. Va shunda ham Lev Termen yana o‘zini ko‘rsatdi. U dunyoda birinchi bo‘lib yashirin kontaktsiz ovozni masofaga uzatuvchi  moslamasi - “juchok” - mikroto‘lqinli rezonatorni ixtiro qildi. Tarixchi Aleksandr Shirokorad shunday deydi:

"Termen AQShda razvedka xodimi bo‘lganmi-yo‘qmi, bu noma’lum. O‘sha paytlari chet elda ko‘plab sovet agentlari ishlagan va biz faqat muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarini bilamiz. Ammo biz uni “Zlatoust” tizimini ishlab chiqqanligi haqida bilamiz. 1945-yilda ushbu qurilma go‘yoki sovet pionerlari yog‘ochdan yasagan AQSh gerbiga o‘rnatildi. Va ular bu gerbni AQShning SSSRdagi elchisiga sovg‘a qilishdi. Amerikaliklar mikrofon va batareyalari yo‘qligini, tarmoqqa hech narsa ulanmasligini qo‘rib gerbni Moskvadagi AQSh elchixonasiga osib qo‘yishdi".

© Wikipedia / Austin MillsEndovibrator "Zlatoust" Lva Termena
Troya burguti yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan juchok haqida - Sputnik O‘zbekiston
Endovibrator "Zlatoust" Lva Termena

Termen rezonatori elchining xonasida yetti yil davomida ishlab keldi. Barcha suhbatlarni onlayn rejimda ro‘pparadagi uydagi davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tinglab turgan: u yerda generator va aks ettirilgan signallarni qabul qiluvchi uskuna o‘rnatildi. “Juchok”ni tasodifan aniqlashdi. Bunda amerikaliklarga  britaniyalik olim yordam berdi. Ammo u ham darrov tushunmadi: bu simlar bilan o‘ralgan yog‘och pona ichidagi bo‘sh kamera nima bo‘lishi mumkin? Hozirda sovet “super-moslama”si o‘rnatilgan AQSh gerbi MRB muzeyida saqlanmoqda.

© Sputnik / Strelnikov / Mediabankka o‘tishLev Termen
Troya burguti yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan juchok haqida - Sputnik O‘zbekiston
Lev Termen
Yangiliklar lentasi
0