22:21 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
84520

Oʻtgan haftada erkin kurash boʻyicha jahon chempioni Zaurbek Sidakov oʻz toʻyidan qalligʻi haydab solgani haqida xabar berilgandi.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Erkin kurash boʻyicha jahon chempioni Zaurbek Sidakov oʻz toʻyidan qalligʻi Madinani haydab solgan edi. Uning dugonalari, ayol goʻyo eskort-xizmatlari sohasida ishlagani haqidagi maʼlumot yuzasidan izoh berishdi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Eslatib oʻtamiz, toʻy marosimi ayni qizigan pallada sportchi va bir necha mehmonlar telefoniga videorolik kelib tushadi, unda qalligʻ behayo koʻrinishda aks etgan. Kuyov qalligʻining sochidan ushlab, restorandan haydab yuboradi.

Buzilgan toʻydan keyin qiz "hatto oʻz oilasi tomonidan ham qabul qilinmadi", shuning uchun u Moskvaga qochishga majbur boʻlganligi haqida xabarlar paydo boʻldi.

Dugonalar Madinaga nisbatan bildirilgan ayblar tuhmat deb aytishdi. Ularning soʻzlariga koʻra, qiz badavlat oiladan, shuning uchun pulga muhtoj boʻlmagan, “faqat oʻzi uchun” fitnes-murabbiy boʻlib ishlagan.  

Shu bilan birga, qalligʻni qoralovchi video esa bir necha yil oldin, Madina boshqa erkak bilan uchrashganda suratga olingan. Biroq, erkak turmush qurganligi sababli, ular orani ochiq qilishga majbur boʻlishgan.

“Oʻsha vaqtdan beri bir necha yil oʻtdi, Madina esa Zaurni chin yurakdan sevib qoldi”, -deydi dugonalardan biri.

Dugonalarning soʻzlariga koʻra, Madina sobiq sevgilisining xotinini ranjitgan, ayol erining telefonidan videorolikni “topib”, qasos olish qulay fursat kutib turgan.

Bundan oldin esa "qalliqning sobiq sevgilisi undan oʻch olish maqsadida buni uyushtirdi", deb aytilgandi.

Asosiy mavzular