12:49 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)
153520

Hindiston Mintaqaviy biotexnologiya markazi olimlari koronavirus koʻpayishining oldini oladigan vitaminni aniqladilar.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Hindistondagi Manipal oliy taʼlim akademiyasi va Mintaqaviy biotexnologiya markazi olimlari B12 vitamini koronavirus koʻpayishining oldini olishini aniqladilar.

Tadqiqot natijalari IUBMB Life jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar tabiiy mahsulotlar va dori vositalar orasida qaysi molekulalar, SARS-Cov-2 genomida joylashgan va virusning koʻpayishi uchun javob beradigan nsp12ni bostirishi mumkinligini aniqlash uchun kompyuter model tadqiqot oʻtkazdilar.

B12 maxsus shakli - metilkobalamin - virus hujayralarining replikatsiyasini bostirishga qodirligi maʼlum boʻldi.

“Bu modda tibbiyot xodimlari, keksalar yoki surunkali hamroh kasalliklarga ega boʻlgan shaxslar uchun profilaktika vosita sifatida, infektsiyani kamaytirish va kasalxonada shoshilinch yordam koʻrsatish uchun buyurilishi mumkin”, - deyilgan bayonotda.

Ammo, olimlarning taʼkidlashicha, COVID-19 bilan ogʻrigan bemorlarni davolash protokollariga oʻzgartirish kiritish uchun bir qator qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarur.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)

Asosiy mavzular