"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi

© AP Photo / Stephen MortonOfitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh USS Seawolf maxfiy suv osti kemasini Norvegiya qirg‘oqlariga yuborish bilan "Kremlga signal" yubordi, deb yozadi Amerika OAVsi

Sputnik radiosi efirida amerikachi-olim Vladimir Batuk, fikriga ko‘ra, amerikaliklar nimani namoyish etayotganliklarini aytib berdi.

Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston
Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi

AQSh Norvegiyaning Tromse shahri qirg‘og‘iga USS Seawolf dengiz suvosti kemasi yetib borganini va shu orqali "Rossiyaga signal" yuborganini e’lon qildi, deb yozadi The Drive.

Nashrning ta’kidlashicha, bunday ma’lumotlarni oshkor qilish maxfiy suvosti kemalariga nisbatan qo‘llaniladigan taktikaga xos emas. Maqola mualliflari AQSh shu tarzda Rossiya hukumatiga ma’lum bir signal yuborayotganini taxmin qilishdi.

Shu bilan birga, xorijiy sharhlovchilarning ta’kidlashlaricha, Norvegiyadagi shaharning tanlanishi bejiz emas, chunki u Rossiya suvosti kemalarining taniqli marshrutlaridan biriga yaqin joylashgan.

Bundan tashqari, Tromsega Amerikaning yadro qurolini tashishga qodir oltita V-52N strategik bombardimonchilari yuborildi. Muallif Amerika harbiy qo‘mondonligining bu qadamini "Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan signal" deb izohlagan.

Sputnik radiosi efirida Rossiya Fanlar akademiyasining AQSh va Kanada instituti bosh ilmiy xodimi, Siyosiy-harbiy tadqiqotlar markazi rahbari Vladimir Batuk, gap Arktika uchun kurash haqida ketapti degan fikrni bildirdi.

"Buyuk derjavalar o‘rtasida Arktika uchun kurash ketmoqda - global isish tufayli Arktikadagi muzlar erib Shimoliy Muz okeanining shelfidagi mineral resurslar yanada qulayroq bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, dengiz yo‘llari, shu jumladan Shimoliy dengiz yo‘lidan ham foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. RF dengiz strategiyasiga muvofiq, u Rossiyaning nazorati ostida bo‘lishi kerak, ammo amerikaliklar bunga qat’iyan qarshi. Bundan tashqari, bu yerda etakchi derjavalarning xavfsizlik manfaatlari to‘qnashmoqda. Qit’alararo ballistik raketalar parvozlarining eng qisqa yo‘llari Arktika orqali o‘tishini aytish kifoya, bu strategik bombardimonchilarga ham tegishli. Shuning uchun Arktikaning nima uchun muhimligi yaqqol. Bu yerda amerikaliklar e’tiborni o‘zlarining pozitsiyalaridan voz kechishi niyati yo‘qligiga qaratishga urinmoqdalar", - dedi Vladimir Batuk.

Seawolf dengiz osti kemasi va xuddi shu loyihadagi Connecticut va Jimmy Carter kemalari dastlab 1983-yilda Amerika suvosti kuchlarining asosiy tayanchiga aylanishi kerak bo‘lgan ko‘p maqsadli yadroviy suv osti kemalari sifatida yaratilgan. Sovuq urush tugaganidan so‘ng, loyiha xarajatlarining oshishi va budjetning qisqarishi AQSh dengiz kuchlarini ushbu turdagi 29 ta suvosti kemasini qurish rejasidan voz kechishga majbur qildi va uchta suvosti kemasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng ishlab chiqarish yopildi. Hozirda Seawolf tipidagi suv osti kemalari maxsus vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi.

Yangiliklar lentasi
0