07:07 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
736 0 0

Narkotik modda bilan qoʻlga tushib, Xitoyda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan qozogʻistonlik qiz Aqjarqыn Turlыbayning himoyasi, uni oʻz vataniga qaytarilishi umidini yoʻqotmayapti.

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. Xitoyning apellyatsiya sudi muqaddam Guanchjou sudi tomonidan qozogʻistonlik Aqjarqыn Turlыbayga nisbatan chiqarilgan hukmni oʻz kuchida qoldirdi. U giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovi bilan umrbod qamoq jazosini oʻtamoqda.

Himoya tomoni 2019 yil oxirida Guanchjou sudi tomonidan chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini taqdim qildi, dedi mahkumning advokati.

Biroq, sud hukmi oʻzgarishsiz qoldirildi - Aqjarqыn Turlыbay Xitoy qamogʻida qoladi.

Advokat qozogʻistonlik qiz jazosini oʻtash uchun Xitoy Xalq Respublikasidan Qozogʻistonga oʻtkazilishi mumkinligini taʼkidladi.

"Oʻtkazish shartlaridan biri bu mahkumning yozma roziligi. Hozirda himoya tomoni, Aqjarqыn Turlыbay oilasi Aqjarqыnni Qozogʻistonga oʻtkazish tartibini imkoni bor deb koʻrishmoqda. Himoya tomoniga Aqjarqыnni Qozogʻistonga oʻtkazilishining aniq muddatlari maʼlum emas, ammo biz uning iloji boricha tezroq qaytarilishidan manfaatdormiz",  -deb taʼkidladi Turlыbay advokati.

Aqjarqыn Turlыbay ishi

Qozogʻistonlik talaba Aqjarqыn Turlыbay 2014 yil mart oyida Guanchjou aeroportida hibsga olingan edi. Oʻsha paytda qiz 20 yoshda edi, u giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ushbu qaror apellyatsiya sudi tomonidan bekor qilindi. 2016 yil noyabr oyida oʻtkazilgan apellyatsiya sud majlisidan soʻng, sud hayati qaror qabul qilish uchun maslahat xonasiga chiqib ketgan. Hukm uch yil oʻtgach, Guanchjou sudida 2019 yil 27 dekabrda eʼlon qilindi va shunda ham u oʻzgarishsiz qoldirildi.

Turlыbay Qozogʻistonga qaytarilgan taqdirda uni nima kutmoqda

U qaytib kelgach, Qozogʻiston sudi ishni koʻrib chiqishi va bu ish ushbu shaxs sudlangan moddalar boʻyicha moslashtirilishi kerak boʻladi, dedi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Shaxrat Nurishev.

Xitoyda bu qiz 347-chi - "Narkotik moddalarni kontrabandasi, savdosi, tashish va tayyorlash" jinoiy moddasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bunday jinoyat uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki muddatsiz ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi, shuningdek mol-mulki musodara qilinishi koʻzda tutilgan.

Qozogʻistonda bunday jinoyatga Jinoyat kodeksining 297-moddasi - "Sotish maqsadida narkotik moddalar, psixotrop moddalar va ularning analoglarini tayyorlash, qayta ishlash, sotib olish, saqlash, tashish"ga mos keladi. Aqjarqыn Turlыbay holatida esa mol-mulkini musodara qilish bilan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolash koʻzda tutiladi.

Asosiy mavzular