22:30 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
117210

Vashington Rossiyani Suriyadagi nizolarga barham berish protokollarini buzganlikda aybladi. Shu haftada Suriya shimolida Rossiya patruli va AQSH harbiy kuchlari avtotransporti toʻqnashuvi oqibatida bir necha amerikalik askarlar jarohatlandi.

Oq uy Rossiyani Suriyadagi nizolarga barham berish protokollarini buzganlikda aybladi. Sputnik radiosi efirida "Rossiya ofitserlari" ekspertlar kengashining aʼzosi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiyev vaziyatga oʻz munosabatini bildirdi.

AQSH Rossiya harbiylarini Suriyada amerikalik askarlar jabrlangan yoʻl-transport hodisasini qoʻzgʻatishda aybladi.

"Rossiya mashinasi Suriyaning shimoliy-sharqida (AQSH boshchiligidagi - tahr.) koalitsiyaning zirhli mashinasi bilan toʻqnashib ketdi, natijada mashinadagi ekipaj aʼzolari jarohat oldi", - deyiladi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Ulliot bayonotida.

Uning soʻzlariga koʻra, mojaroni oldini olish maqsadida Amerika zirhli mashinasi voqea joyini tark etdi.

Vashingtonning aytishicha, "bunday xavfli va nokasbiy harakatlar" mojarolarning oldini olish boʻyicha Rossiya-Amerika kelishuviga ziddir.

Ulliotning taʼkidlashicha, AQSH eskalatsiyani istamaydi, ammo "dushmanlik harakatlaridan oʻzini himoya qilish boʻyicha dahlsiz huquqga ega".

Rossiya tomoni bu ayblovlarni rad etdi. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Valeriy Gerasimovning soʻzlariga koʻra, xalqaro koalitsiya Suriyada Rossiya karvonining oʻtishi toʻgʻrisida oldindan ogohlantirilgandi.

Shunga qaramay, AQSH harbiylari Rossiya patrul xizmatiga toʻsqinlik qilishga urinishgan.

"Bunga javoban RF Qurolli kuchlari harbiy politsiyasi nomaqbul hodisa oldini olish va belgilangan vazifani bajarish uchun zarur choralarni koʻrdi", - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Sputnik radiosi efirida Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, “Rossiya ofitserlari” ekspertlar kengashi aʼzosi, harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiyev taʼkidlashicha, Amerika tomoni maʼlum bir amaliyotni ishlab chiqqan: qilmagan harakatlari uchun raqibini ayblash.

"AQSH firibgarona taktikani tanladi: ular oʻzlari muayyan shartnomalarni, kelishuvlarni buzadilar-da, darhol Rossiyani ularni buzganlikda ayblashga shoshilishadi. Yaʼni bu yerda quyidagi printsip amal qiladi: eng yaxshi mudofaa - bu hujum. Ular biz kechirim soʻrashimizni istashadi. Goʻyoki, ruslar oʻzlarini aybdor bilib kechirim soʻrashsin, biz esa kelishuvlarni buzishda davom etamiz, ruslar aybdor boʻladi, biz esa oppoq va yumshoqligimizcha qolamiz. Bu fosh etilishi kerak boʻlgan juda hiylakor firibgarona taktikadir. Ular Rossiyani ayblagan hollarda, aslida oʻzlari buzgʻunchilardir. Aytishadiku, oʻgʻrining koʻzi oʻynar. Ular xalqaro huquqni xohlagancha burishmoqda", - dedi Aleksandr Perendjiyev.

Asosiy mavzular