22:34 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
344 0 0

Shifokorlar taʼkidiga koʻra, asalarilar hujumiga duch kelingan vaqtda hotirjamlikni saqlash lozim, hasharotlardan qochish yaramaydi, aks holda ular yanada koʻproq agressiyani namoyon etishlari mumkin

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Xitoyda shifokorlar fermada mehnat qilgan ayol tanasidan 400dan ortiq asalari nishlarini chiqarib oldilar. Maʼlum boʻlishicha, ayol asalarilar hujumiga duch kelgan, deb xabar bermoqda Ren TV Daily Mailga tayangan holda.

Nashr maʼlumotiga koʻra, ayol dala ishlari vaqtida jabrlangan. Yuz bergan hodisadan soʻng, ayol charchoq, bosh ogʻrigʻi va nafas olishining qiyinlashuvidan shikoyat qilgach, yaqinlari uni klinikaga olib borishga qaror qiladilar.

"Bemorni olib kelishganida, uning boshi, boʻyni va yelkalari bir talay nishlar bilan qoplangan edi", – dedi jurnalistlarga tez yordam shifokori Ven Tszyanvu.

Ayni vaqtda ayol salomatligi barqaror, deya baholanmoqda.

Shifokorlar taʼkidiga koʻra, asalarilar hujumiga duch kelingan vaqtda hotirjamlikni saqlash lozim, hasharotlardan qochish yaramaydi, aks holda ular yanada koʻproq agressiyani namoyon etishlari mumkin

Asosiy mavzular