22:15 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
211 0 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼqullagan roʻyxatga 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 ta vaktsina kiritilgan.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozogʻistonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaktsinani klinik sinovlariga ruxsat berilgan vaktsinalar roʻyxatiga kiritdi.

Vaktsina Qozogʻiston taʼlim va ilm-fan vazirligi fan qoʻmitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. 

JSST maʼqullagan roʻyxatdan 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 ta vaktsina oʻrin olgan. Maʼlum boʻlishicha, Qozogʻistonning faolsizlashtirilgan virusli vaktsinasi klinik sinovlarning 1/2-bosqichidan oʻtmoqda.  

Shuningdek, JSST tomonidan klinik sinovlariga ruxsat berilgan vaktsinalar roʻyxatidan Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Belgiya, Shvetsiya, Singapur, Italiya, Avstraliya, Tayvan, Kuba, Frantsiya, Avstriya va Kanada vaktsinalari ham joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. Unga 25 dan ziyod davlat qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Qozogʻiston “Sputnik V” vaktsinasini mamlakatga yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolagan.

Asosiy mavzular