14:10 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
702 0 0

Asteroid 1 sentyabr kuni uchib oʻtadi. Osmon jismining kattaligi 22 metrdan 49 metrga yetadi. U sayyoraga 120 ming kilometr atrofidagi masofada yaqinlashadi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Ehtimoliy xavfli 2011 ES4 asteroidi 1 sentyabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA xabar qilmoqda.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, astreoidning Yerga yaqinlashishi Moskva vaqti bilan soat 19:12 daqiqada kutilmoqda. Osmon jismining kattaligi 22 metrdan 49 metrga yetadi.

U sayyoraga 120 ming kilometr atrofidagi masofada yaqinlashadi. Bu Yerdan Oygacha boʻlgan masofadan 3,2 marta qisqariroq. Yerdan Oygacha boʻlgan masofa 384,4 ming kilometrni tashkil etadi. Asteroidning tezligi soniyasiga 8,16 kilometrni tashkil etadi.

2011 ES4 asteroidi 2011 yil 2 martda kashf etilgan. U “Apollon” guruhiga mansub.

Asosiy mavzular