13:40 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
529 0 0

Rossiyalik klimatologlar kelayotgan qish qattiq va sovuqqa boy boʻlishini va birinchi sovuq ob-havo noyabr oyining boshlarida kelishi mumkinligini xabar qilishdi.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Sinoptiklarning taʼkidlashicha, Rossiyada yaqinlashib kelayotgan qish katta ehtimollik bilan "qattiq" boʻladi, shu bilan birga kuz ham salqin boʻladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Klimatolog, geografiya fanlari nomzodi Yekaterina Pestryakovaning soʻzlariga koʻra, birinchi qattiq sovuqlar noyabr oyidayoq kelishi mumkin, shuning uchun rossiyaliklar javonlaridan issiq kiyimlarni ancha oldin olishlariga toʻgʻri keladi.

"Qish qattiq boʻlishining ehtimolligi deyarli 90%, chunki bu yilgi yoz issiq boʻldi", - dedi Pestryakova.

Ammo bunday prognozga qaramay, klimatologning qoʻshimcha qilishicha, garchi erta qattiq sovuqlar jiddiy boʻlsa ham, butun qish davomida turishi amrimahol.

"Uzoq yomgʻirlarga qaraganda, havo ilishi ham boʻladi. Bizda odatda qishning boshlanishining oʻrtacha sanasi har doim 7-chi noyabrga toʻgʻri keladi, lekin soʻnggi oʻn yillikda u kechroq boshlandi. Menimcha, bu yil, noyabrda, qish boshlanib boʻladi", - deya tahmin qiladi ekspert.

Uning soʻzlariga koʻra, dastlab Gidrometeorologiya Markazi ham kelayotgan qishda kuchli sovuqlar boʻlishi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, kuzgi iliqlik faqat dastlabki bir necha kun davom etadi, undan keyin asta-sekin havo sovushi boshlanadi.

Avvalroq, gidrometeorologlar Rossiyadagi “babye leto” (hazonrezgi-tahr.) endi kelishini, ammo uning albatta sentyabr oyining oʻrtalarida roʻy bermasligini aytib berishdi.

Asosiy mavzular