06:24 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
1216 0 0

KXSHTning biror aʼzosiga qilingan har qanday hujum  uning hammaga aʼzolariga qilingan hujumga tenglashtiriladi.

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. Agar NATO qoʻshinlari Belaruzga tajovuz qiladigan boʻlsa Rossiya qanday yoʻl tutishini "Komsomolskaya pravda"ning harbiy sharhlovchisi, isteʼfodagi polkovnik Viktor Baranets izohladi.

Avvalroq Belarus hukumati respublikaning gʻarbiy chegaralari yaqinida, xususan Polsha va Litvada NATOning faollashuvidan xavotir bildirgan edi.

Baranets aytishiga koʻra, Rossiyaning harbiy doktrinasiga muvofiq KXSHTning biror aʼzosiga qilingan har qanday hujum  uning hammaga aʼzolariga qilingan hujumga tenglashtiriladi. Shu bilan birga Moskva yadro qurolidan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

"Agarda NATO provokatsiyaga qaror qilib, Belarus hududiga, Kaliningrad viloyatiga va shu bilan Rossiyaga ham bostirib kirsa, biz bor vositalar bilan kurashamiz va biz Belarusni Rossiya Federatsiyasining har qanday boʻlagi singari himoya qilamiz. Men buni oʻzlarining qoʻshinlari va xalqlarini Belarusdagi vaziyatga aralashishga "undayotgan" Vilnyus, Tallin va Rigadagi qiziqqonlarga yoʻllamoqdaman", - dedi Baranets Sputnik Belarus efirida.

Toʻliq sharhni radiopodkastda tinglang.

Baranets: mы budem zaщiщat Belarus tak je, kak lyuboy klochok RF

Asosiy mavzular