19:52 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
214 0 0

Rossiyada COVID-19 bemorlarining umumiy soni 1 000 048 nafarga yetdi. Mamlakat dunyoda aniqlangan koronavirus boʻyicha 4-oʻrinda.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiyada oʻtgan sutka davomida 4 729 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. COVID-19 bemorlarining umumiy soni  1 000 048 nafarga yetdi. Bu haqda Moskva tezkor shtabi xabar qilmoqda.

Koronavirusdan 815 705 (+6 318) kishi tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan. Jami 17 299 (+123) bemor infektsiya qurboniga aylangan.

Dunyo boʻylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 25,6 milliondan oshgan. 18 millionga yaqin kishi undan shifo topgan. 850 mingdan ziyod kishi esa ushbu kasallik qurboni boʻlgan.

Koronavirus aniqlangan holatlar boʻyicha yetakchi davlat quyidagicha: AQSH (6,2 mln), Braziliya (3,9 mln), Hindiston (3,6 mln), Rossiya (1 mln) va Peru (652 ming).

Asosiy mavzular