21:03 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
514 0 0

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon transport vaziri Xudoyor Xudoyorzodani egallab turgan lavozimidan ozod qildi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Xudoyor Xudoyorzoda Tojikiston transport vaziri lavozimidan ozod qilindi. Mamlakat rahbari Emomali Rahmon tegishli farmonga imzo chekdi.

“Xudoyorzoda Xudoyor Zavqibek pensiyaga chiqishi munosabati Tojikiston Respublikasi Transport vaziri vazifasidan ozod qilinsin”, - deyilgan farmonda.

Sobiq bosh vazir oʻrinbosari Azim Ibrohim Xudoyorzodaning oʻrniga Tojikiston transport vaziri etib tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq respublika Bosh prokuraturasi amaldor oʻz kvartirasida joniga qasd qilishga uringani haqida xabar qilgan edi. Bunga oilaviy janjal sabab boʻlgani aytilgan edi.

Asosiy mavzular