13:45 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
412 0 0

Taʼkidlanishicha, joriy yilda davlat organlari xodimlari soni 10%ga, kelgusi yilda esa yana 15%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev kvazidavlat sektor xodimlari va amaldorlar sonini qisqartirishni buyurdi tezlashtirishni buyurdi.

"Pandemiya va davlat organlari xodimlarining aksariyati masofadan ishlashga oʻtkazilishi davlat apparatini qisqartirish mumkin va zarurligini koʻrsatdi. Davlat apparati va kvazidavlat sektoridagi xodimlar qisqartirilishini tezlashtirishni buyuraman", - dedi Tokayev Qozogʻiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida.

Taʼkidlanishicha, joriy yilda davlat organlarini 10%ga, kelgusi yilda esa yana 15%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

"Shu tariqa, amaldorlarni 25%ga qiqartirish masalasini biz 2021 yilga kelib hal etamiz. Natijalarga koʻra hamda raqamlashtirishni hisobidan biz kelgusida qisqartirishni davom ettirish boʻyicha qaror qabul qilamiz", - dedi Qozogʻiston prezidenti.

Uning soʻzlariga koʻra, "tejab qolingan mablagʻlar hisobiga qolgan ishchilarning maoshini oshirish nazarda tutilgan". "Davlat xizmatchisining past maoshi jamoatchilikka juda qimmatga tushmoqda", - deb qoʻshimcha qilgan Tokayev.

 

Asosiy mavzular