22:35 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
38310

Koronavirus pandemiyasi yaqin ikki yil davomida tugamaydi, insoniyat bu muammo bilan yashashga oʻrganishi, zarur choralarni koʻrishi lozim. Shunday sharoitda davlatlar qaysi shartlar asosida ochilishi mumkin. BSST rahbari shu haqda gapirdi

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti direktori Tedros Adxanom Gebreyesus mamlakatlar normal hayotga qaytish uchun amalga oshirishlari lozim boʻlgan toʻrtta asosiy qadamlarni sanab oʻtdi. U bu haqda Jenevada oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi. Tadbir videosi tashkilotning YouTube-sahifasida eʼlon qilingan.

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaktsinu ot koronavirusa
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

Gebreyesus oʻz bayonotida BSST karantindan soʻng davlatlar ochilishini qoʻllab-quvvatlashini, ammo falokat yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga amal qilish muhimligini qayd etdi.

"BSST iqtisodlar va hamjamiyatlar ochilishi boʻyicha urinishlarni toʻlaligicha qoʻllab-quvvatlaydi. Biz, bolalar maktablarga, odamlar esa - oʻz ish joylariga qaytishlarini koʻrishni istaymiz. Ammo biz bu ishlar xavfsiz bir sharoitda amalga oshayotganini koʻrmoqchimiz. Davlatlar virusni qanchalik koʻp nazorat qilsa, ular shu qadar koʻp ochilishlari mumkin. Nazoratsiz ochilish - bu falokat retseptidir", — deya taʼkidladi u.

Shundan soʻng Gebreyesus normal hayotga qaytish oldidan bajarilishi zarur boʻlgan toʻrtta asosiy qadamni sanab oʻtdi:

- odamlar orasida virus yuqishini cheklash. Bu singari yuqishlar koʻpincha ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, tungi klublarda, stadionlarda, yirik diniy yigʻilishlarda;

- virus xavfi yuqori boʻlgan guruhlarni ular orasida oʻlim holatini qisqartirish himoyalashni kuchaytirish muhim;

- har bir inson jamoatchilik xavfsizligiga oʻz hissasini qoʻshishi kerak, yaʼni: niqob taqishi, masofani saqlashi va qoʻllarni sovunlab yuvishi zarur;

- hukumat kasallanganlarni aniqlash, izolyatsiyalash, testdan oʻtkazish va davolash, shuningdek, ular aloqalari izini aniqlashtirish uchun choralarni koʻrmogʻi kerak.

Yaqinda BSST yetakchisi oʻz bayonotida COVID-19 pandemiyasi tugashi muddatini prognozlashtirgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, insoniyat COVID-19 ustidan taxminan ikki yilda gʻalaba qozonishi mumkin.

Asosiy mavzular