14:22 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
128310

Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Ulugʻ Vatan Urushida shaharlar jangsiz taslim boʻlishi, SSSR va Rossiya xalqlarining ommaviy yoʻq boʻlib ketishiga olib kelgan boʻlishini mumkin edi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulugʻ Vatan Urushida shaharlar jangsiz taslim boʻlganida, bu SSSR va Rossiya xalqlarining ommaviy yoʻq boʻlib ketishiga olib kelgan boʻlishini mumkinligini maʼlum qildi.

“Agar biz, ayrimlar bugun oʻylayotgandek, goʻyoki jangchilarimiz hayotini saqlab qolib, shaharlar, aholi punktlarimizni jangsiz taslim qilganimizda, pirovardida bu jangda yutqizgan boʻlar edik. Va bu Sobiq Ittifoq va bugungi Rossiya Federatsiyasining deyarli barcha xalqlarining ommaviy yoʻq boʻlib ketishiga olib kelgan boʻlar edi – mana sizu bizning ota-bobolarimiz qoʻlga kiritgan Gʻalaba qiymati va muhimligi”, - dedi Putin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, u xotirani saqlash davlat ahamiyatiga ega vazifa ekanini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya yetakchisi tarixni koʻchirishga rozi boʻlayotganlarni kollaboratsionistlar deb atagani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular