AQShda pochta qutisidan xatlarni o‘g‘irlayotgan echki videoga olindi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKozya ferma v Sverdlovskoy oblasti
Kozya ferma v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toksi shahrida yashovchi Ila Mazingo yo‘l yoqasida joylashgan pochta qutisini ochishga muvaffaq bo‘lgan echkini video tasvirga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, echki qutining ichidan xatni chiqargan va uni chaynashni boshlagan.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Alabamada pochta qutisidan maktublarni o‘g‘irlab, paqqos tushirayotgan echki videoga olindi.

Bu haqda UPI xabar bermoqda.

Toksi shahrida yashovchi Ila Mazingo yo‘l yoqasida joylashgan pochta qutisini ochishga muvaffaq bo‘lgan echkini video tasvirga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, echki qutining ichidan xatni chiqargan va uni chaynashni boshlagan.

Ayol rolikni ijtimoiy tarmoqlarga joylar ekan: "Bunday sahnani hatto xayolga keltirish qiyin. Toksiga xush kelibsiz!", - deb yozib qoldirgan.

Mazingoning so‘zlariga ko‘ra, echki qo‘shni uydan qochib chiqqan bo‘lgan va tez orada egasi tomonidan o‘z joyiga qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0