TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Ayshat Qodirova Checheniston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi region rahbari Ramzan Qodirov.
"Ayshat Qodirova Checheniston Respublikasi madaniyat vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi", - deb yozgan u oʻzining Telegram-kanalida.
Checheniston rahbari soʻzlariga koʻra, Qodirova eng murakkab loyihalar bilan ishlash tajribasiga ega. Ramzan Qodirov Ayshat kollektsiyalari koʻplab davlatlarda qadrlanadigan modalar uyiga rahbarlik qilganini, butun dunyoga chechen urf-odatlari va anʼanalarini namoyish etganini eslatib oʻtgan.
Respublika rahbari shuningdek, Qodirova Checheniston filarmoniyasi rivojiga hissa qoʻshganini qoʻshimcha qilgan. Mart oyida u "Chechen Respublikasi oldida koʻrsatgan xizmatlari uchun", medali bilan bilan taqdirlangan.
Qodirovning aytishicha, tayinlov qarori Checheniston madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayev tashabbusi bilan qabul qilinganini taʼkidlagan.