23:35 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
341 0 0

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy ham birinchilardan boʻlib koronavirusga qarshi emlandi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Moskvada koʻngillilarni koronavirusga qarshi emlash roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida 5-7 sentyabr kunlari boshlanadi. Bu haqda RIA Novostiga Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qildi.

“Taxminan 3-4... sentyabr kunlari vaktsina Moskva klinikalariga tarqatiladi. Avvaliga toʻqqiz-oʻnta klinika boʻladi, soʻngra esa buni 20 tagacha yetkazamiz... 3-5 sentyabr kunlari koʻngillilarning skriningi davom etadi, ular barcha tahlillarni topshirishlari kerak. Ehtimol 5-7, 7 sentyabrda aniq, oʻylaymanki, bevosita bu koʻngillilarni emlash boshlanadi”, - dedi u.

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy ham birinchilardan boʻlib koronavirusga qarshi emlandi.

“LDPR yetakchisi Rossiya SSV Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasining roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingi katta klinik tadqiqotlarining koʻngilli ishtirokchisi boʻldi”,  - deyilgan partiya matbuot xizmati xabarida.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham  “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlanganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaktsina dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. Unga 25 dan ziyod davlat qiziqish bildirmoqda.

Teglar:
koronavirus, Moskva, vaktsina

Asosiy mavzular