00:58 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
317 0 0

Ikki mamlakat fuqarolari bugundan boshlab chegarani “Doʻstlik-avtoyoʻl”, “Qizil-Qiya-avtoyoʻl”, “Madaniyat-avtoyoʻl” va “Baymak-avtoyoʻl” oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtishlari mumkin.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Qirgʻiziston koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan Oʻzbekiston bilan chegaradagi oʻtkazish punktlar ishini qayta tikladi. Bu haqda Qirgʻiziston davlat chegara xizmati xabar bermoqda.

“2020 yil 2 sentyabrdan boshlab Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻtkazish punktlari orqali transport va fuqarolar kirish-chiqishi uchun qoʻyilgan cheklovlar olib tashlandi”, - deyilgan xabarda.

Respublika hududiga cheklovsiz kirish mumkin, ammo sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilish talab etiladi.

Ikki mamlakat fuqarolari bugundan boshlab chegarani “Doʻstlik-avtoyoʻl”, “Qizil-Qiya-avtoyoʻl”, “Madaniyat-avtoyoʻl” va “Baymak-avtoyoʻl” oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtishlari mumkin.

Transport vositalari chegaradan “Doʻstlik-avtoyoʻl”, “Qizil-Qiya-avtoyoʻl”, va “Qadamjoy-avtoyoʻl” nazorat oʻtkazish punktlari orqali oʻtishlari mumkin.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegarani kesib oʻtishdagi yangi tartib bilan quyida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 1 sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolariga Qirgʻizistonga kirishga ruxsat berilgan edi.

Asosiy mavzular