Rossiya yana uch mamlakat bilan parvozlarni tikladi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing-747-8F
Samolet Boeing-747-8F - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Maldiv mamlakatlari bilan muntazam parvozlarni qayta tiklashga qaror qildi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Maldiv bilan muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli farmonga imzo chekdi.

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston barcha turdagi xalqaro qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklaydi

Farmon Hukumat saytida e’lon qilingan.

1 avgustdan boshlab Rossiya Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan aviaqatnovlarni tikladi.  Abxaziya bilan chegarani o‘tishdagi cheklovlar ham olib tashlandi. 15-avgust kuni esa Shveysariya bilan parvozlar tiklandi. Yangi farmon bilan Shveysariyaga parvozlar soni haftasiga to‘rttaga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz Rossiya hukumati 27-martdan boshlab COVID-19 pandemiyasi tufayli chet elga muntazam va charter reyslarini to‘xtatgan edi. Faqatgina olib ketish, yuk, pochta, sanitariya va boshqa maxsus reyslar amalga oshirilayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0