23:07 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
14810

Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri yaqin kunlarda koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi sinovlariga ruxsat berilishi mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Turkiya yaqin kunlarda koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi sinovlariga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koja maʼlum qildi.

“Biz Rossiyada ishlab chiqarilayotgan vaktsina sinoviga soʻrov oldik. Oʻylaymanki, yaqin kunlarda bunga ruxsat beriladi”, - dedi Turkiya vaziri. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Kojaning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda Turkiyaning oʻzining ikkita vaktsinasi sinovdan oʻtmoqda.

U bunday sinovlar faqat koʻngillilarda oʻtkazilishini qoʻshimcha qildi.

Koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi

Avgust oyi boshida Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiya toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar fondi koʻmagida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Hozirda 20 dan ortiq mamlakatlardan "Sputnik-V" vaktsinasiga milliard dozada talab kelib tushgan. Rossiya beshta mamlakatda preparatni ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishdi. Mavjud quvvatlar yiliga besh yuz million dozagacha vaktsina ishlab chiqarish imkoniga ega.

Teglar:
koronavirus, Rossiya, Turkiya, vaktsina

Asosiy mavzular