22:21 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
616 0 0

Xalqaro goʻzallik tanlovlari navbatma-navbat tadbirlar kelgusi - 2021 yilga qoldirilayotgani haqida eʼlon qilishni boshladi

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Hozirga qadar maʼlum boʻlishicha, uchta yirik tanlovlar - "Dunyo goʻzali", "Koinot goʻzali" va "Miss Interneshnl - 2020" 2021 yilga qoldirildi.

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan, "Dunyo goʻzali" tashkilotchilari joriy yilda tanlovni bekor qilishga majbur boʻldilar, chunki tanlov ishtirokchi boʻlgan sohibjamollarning aksariyati yopiq chegaralar tufayli ishtirok eta olmaydilar.

Hozirda mavjud maʼlumotlarga koʻra, "Dunyo goʻzali" tanlovi bir yildan soʻng, 2021 yilning oktyabrida boʻlib oʻtadi, hozircha esa tadbir tashkilotchilari ishtirokchilar va tomoshabinlar sogʻligʻini xatar ostiga qoʻymoqchi emas.

Shuningdek, 69-marta oʻtkazilishi kutilayotgan "Koinot goʻzali - 2020" xalqaro tanlovi 2021 yilning fevral-mart oylarida oʻtkazilishi lozim. 20 nafar ishtirokchilarning barchasi tanlab boʻlingan.

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan "Miss interneshnl - 2020" yanvar oyidan oktyabrga qoldirilgan edi, endilikda esa 2021 yilda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi. Tanlovning ushbu kechiktirilishi tarixda ikkinchi marta sodir boʻlmoqda.

Xalqaro goʻzallik tanlovi 60-marta oʻtkaziladi va oʻz yubileyini Yaponiyan ing Yokogama shahrida nishonlaydi, gala-kontsert kelgusi yil oktyabrida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular