21:35 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
269 0 0

Zamonaviy qurollar axborotni juda tez qayta ishlab katta tezlikda uzatishni talab qiladi. Axborot almashinuvi samaradorligi jangda gʻalaba qozonish uchun juda muhim.

TSHKENT, 3 sen - Sputnik. Bugun barcha qurollar va hatto jang maydoni ham raqamlashtirilmoqda, deydi harbiy ekspert, “Arsenal otechestva” jurnali direktori Aleksey Leonkov.

"Men “Armiya 2020”  qurol yarogʻ koʻrgazmasida boʻldim. U yerda 28 mingdan ortiq qurol-yarogʻ namunalari va jangovar hamda tinch hayotda kerak boʻlishi mumkin boʻlgan minglab uskunalar namoyish etilgan.

Axborot texnologiyalari hama sohaga kirib kelmoqda, jumladan jang maydoniga ham. Qurol-aslahalar ham raqamli texnologiyalar yordamida ishlamoqda. Nishonga juda aniq uradigan qurollar majmuasi yaratilmoqda. Bu esa oʻz navbatida jang maydonida umumqoʻshin ahamiyatiga ega boʻlgan axborot almashinuv tizimini yaratishni talab qiladi.

Axborotni juda tez qayta ishlab uni katta tezlikda uzatish talab etiladi. Jangda gʻalaba qozonish yoki yutqazish ham axborot almashinuviga bogʻliq boʻlib qolmoqda", - deydi Leonkov.

Raqamlashtirishning audio, video suratlar uzatish, vizualizatsiya qilish kabi imkoniyatlari tufayli, har bir askar yanada koʻproq qulaylik va samaralilik bilan vatanini himoya qilish imkoniga ega boʻlmoqda.

Mutaxassis fikri bilan batafsil audiopodkastimizda tanishing.

Leonkov o sovremennom orujii: informatsiya stanovitsya klyuchevыm faktorom v boyu

Asosiy mavzular