19:35 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
90110

Yovvoyi tabiat kutilmagan voqealarga toʻla, baʼzan shunday boʻladiki, hatto hayvonlar ham boshqa hayvonlarga nisbatan mehr namoyon etadilar

Insoniy mehr-oqibat hayvonlarga ham xosmi, yoki ular tomonidan amalga oshirilganlari shunchaki tasodif va tabiiy instinktlarmi? Shu videoni tomosha qilgach, har kim oʻzi uchun xulosa chiqaradi, degan umiddamiz.

Birinchi videoda bir qargʻa hayvonot bogʻi hovuzida tiqilib qolgani aks etgan. Qush ayiq singari badjahl jonivorning qoʻliga tushgan edi. Qargʻa qanotlari ivib qolgani tufayli, ucha olmasdi, ammo maymoqvoy unga yordamga keldi, suvdan chiqardi va soʻngra oʻz ishlari bilan boshqa joyga ravona boʻldi.

Videoda uloqchani qutqarayotgan choʻchqa bolasini, kiyiklarni oʻlim changalidan saqlab qolish uchun timsohlarga jang eʼlon qilgan begemotlarni ham koʻrish mumkin.

Ammo oxirgi ikki videoni koʻrib, chindan lol qolasiz.

Videolarning birida babuinlar ohuga koʻz olaytirgan qoplonni quvayotganini koʻrish mumkin. Qoplon ohuning boʻyniga chang solgan va tushlik qilishga sanoqli soniyalar qolmoqda, ammo shu payt ikkita maymun paydo boʻladi. Babuinlar qoplonga yaqinlashib, aftidan, uni qoʻrqitishadi, shundan soʻng yirtqich ohuni tashlab, qochib ketadi. Ohu, hayriyatki, yaralanmagan ekan, tezda koʻzdan gʻoyib boʻladi.

Oxirgi videoda urgʻochi sher bugʻu bolasini boshqa bir sherdan qutqaradi. Sher bugʻuchaga va urgʻochi sherga hamla qiladi, ammo maqsadiga erisholmagach, jangni toʻxtatadi. Ehtimol, urgʻochi sher oʻz tushligini boshqa bilan boʻlishishni istamagandir, ammo u shunchaki olijanoblik qilib, kichkintoy hayotini saqlab qolgan boʻlishi ham mumkin.

Asosiy mavzular