22:17 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
556 0 0

Nashrning yozishicha, avgust oyi oxirida Simone oʻzining Twitterʼdagi sahifasida bir oydan buyon unda koronavirus alomatlari kuzatilayotganini maʼlum qilgan.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Argentinada Zoom orqali boʻlib oʻtayotgan onlayn dars vaqtida de la Empresa universtiteti oʻqituvchisi vafot etdi. Bu haqda Clarin nashri xabar qilmoqda.

Hodisa 2 sentyabr kuni roʻy bergan. Nashr maʼlumotlariga qaraganda, talabalar uchun maʼruza oʻqiyotgan vaqtda 46 yoshli Paola de Simonening nafasi siqila boshlagan. Koʻp oʻtmay behush boʻlib vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, oʻqituvchi oʻzini yomon his qila boshlagach, talabalar undan tez yordam chaqirish uchun manzilini soʻrashgan. Ammo Simone manzilini ayta olmagan.

Nashrning yozishicha, avgust oyi oxirida Simone oʻzining Twitterʼdagi sahifasida bir oydan buyon unda koronavirus alomatlari kuzatilayotganini maʼlum qilgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Argentinada koronavirus bilan kasallanganlar soni 471 mingdan oshgan. 9739 kishi virus qurboniga aylangan. Hukumat koronavirus tufayli kiritilgan karantinni 20 sentyabrga qadar uzaytirishga qaror qilgan.

Asosiy mavzular