Zaxarova Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga javob qaytardi

© MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xayko Maaas Rossiyadan yaqin kunlarda Navalniy bilan bog‘liq hodisa munosabati bilan xatti-harakat kutayotgani, aks holda Berlin javob choralarini sheriklari bilan muhokama qilishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiyaning Germaniyada bloger Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat atrofida qo‘shaloq urush olib borilmayotganiga ishonchi komil emas. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Germaniya TIV rahbari Xayko Maaasning Aleksey Navalniy ishi yuzasidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi.

Avvalroq Maas Rossiyadan yaqin kunlarda Navalniy bilan bog‘liq hodisa munosabati bilan xatti-harakat kutayotgani, aks holda Berlin javob choralarini sheriklari bilan muhokama qilishini ma’lum qilgan edi.

Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, agar GFR hukumati o‘z bayonotlarida samimiy bo‘lsa, uning o‘zi Rossiya Bosh prokuraturasi so‘roviga javob maksimal qisqa fursatlarda tayyorlanishidan manfaatdor bo‘lishi darkor. Rossiya TIV vakili so‘rov 27-avgust kuni yo‘llanganini eslatib o‘tdi.

“Germaniyada qo‘shaloq urush olib borilmayotganiga hozircha ishonch yo‘q. Axir huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarini ko‘rib  chiqishga javob beruvchi Berlin adliya boshqarmasi juma kuni GFRdan Rossiya Bosh prokuraturasi so‘rovini oldi. Siz turib olgan “zudlik” qani? U aynan nemis tomoniga yetishmayapti”, - dedi Zaxarova. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, diplomat Berlin javob yo‘llamay, surishtiruv jarayonini sekinlatib qo‘yganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya va Polsha o‘rtasida bloger Aleksey Navalniyning go‘yoki "zaharlangani" yuzasidan kechgan muloqoti audio-yozuv e’lon qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0