Germaniyada uchburchak shaklidagi kelajak samolyotining sinovi bo‘lib o‘tdi - video

© KLMModel perspektivnogo samolyota Flying V
Model perspektivnogo samolyota Flying V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yengil va mustahkam materiallardan yasalgan samolyot eng zamonaviy Boeing va Airbuslarga qaraganda - 20% tejamkor bo‘ladi. 

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Germaniyada antiqa samolyotning masshtabli modelining sinovi bo‘lib o‘tdi. Uchburchak shaklida qurilgan kelajak samolyoti modeli qanotlar kengligi 3,06 m, uzunligi 2,76m va og‘irligi 22,5 kg. Dvigatelli elektr kuchi bilan harakatga keltiriladi

Ishchi nomi Flying V bo‘lgan samolyotning shakli  haqiqatdan ham ingliz tildagi V harfiga juda o‘xshash. Injenerlar samolyot fuzelyaji va qanotlarini uchburchak shaklidagi yagona korpusga birlashtirishgan. Ikkita reaktiv dvigatel esa orqa tomonda, qanotlar ustida o‘rnatilgan.

© FlightglobalModel perspektivnogo samolyota Flying V
Germaniyada uchburchak shaklidagi kelajak samolyotining sinovi bo‘lib o‘tdi - video - Sputnik O‘zbekiston
Model perspektivnogo samolyota Flying V

Loyiha yaratuvchilari ta’kidlashiga ko‘ra, bunday konstruksiya bir necha ustuvorliklarga ega: birinchidan samolyotning foydalanish mumkin bo‘lgan hajmi (salon, yukxona, yonilg‘i baklari) kengayadi, ikkinchidan aerodinamika koefitsenti 15%ga kamayadi. Va uchinchidan qanotlar ustiga o‘rnatilgan dvigatellar yaxshiroq himoyalangan hisoblanadi.

Yengil va mustahkam materiallardan yasalgan samolyot tashqi o‘lchamlari Airbus A500dek, lekin samarali aerodinamika, zamonaviy materiallardan foydalanilgani tufayli eng zamonaviy Boeing va Airbuslarga qaraganda yonilg‘i tejamkorligi - 20%ga yuqori bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha haqida dastlabki ma’lumotlar 2019-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda germaniyalik talabaning ilg‘or g‘oyasini Fransiyaning Airbus korporatsiyasi hamda Gollandiyaning KLM (Royal Dutch Airlines) aviakompaniyasi qo‘llab quvvatlagan va loyihaga start berilgan edi. Tayyor samolyotlar ishlab chiqish 2040-2050 yillarga mo‘ljallangan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0