Rossiya o‘zining jangovar tajribasi bilan ham bo‘lishmoqda - Yevkurov

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishOtkritie V Armeyskix mejdunarodnix igr - 2019
Otkritie V Armeyskix mejdunarodnix igr - 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy harbiy mojarolar borasida Rossiyaning katta tajribasi bor. Musobaqalar davomida Rossiya ushbu tajriba bilan qardosh qurolli kuchlar bilan bo‘lishmoqda.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Biz o‘zimizning jangovar tajribamiz bo‘lishmoqdamiz, dedi ArMI-2020 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Yunus-Bek Yevkurov.

Bolelshiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse Tankoviy biatlon - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egalladi

Rossiya generali aytishiga qaraganda ushbu Armiya o‘yinlari  qardosh davlatlar harbiylari orasida do‘stona munosabatlarni yaxshilashga va tajriba almashish uchun xizmat qiladi. 

"Xalqaro Armiya o‘yinlaridagi barcha konkurslar jangovar tayyorgarlik bosqichlari, hamda qurolli kuchlarning kundalik hayotidan olingan. Biz bir birimiz bilan tajriba almashamiz, imkoniyatlarimizni oshiramiz va albatta bir-birimiz bilan tanishamiz va muloqot qilamiz. Askarlar bundan qanday bahra olayotganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz", - dedi Yevkurov. 

Undan tashqari, Yevkurov Rossiya qardosh respublikalar qurolli kuchlari bilan o‘z jangovar tajribasi bilan bo‘lishayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.  

"Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, mahalliy harbiy mojarolar borasida Rossiya Federatsiyasining katta tajribasi bor, jumladan Suriya Arab respublikasida orttirilgan. Biz ushbu tajriba bilan ushbu musobaqalarda ishtirok etayotgan qardosh qurolli kuchlar bilan ham bo‘lishmoqdamiz. Ushbu tadbirlar ana shuning uchun ham kerak", - dedi Rossiya generali.  

Yunus-Bek Yevkurov - Shimoliy Osetiyada tug‘ilib o‘sgan. Qurolli kuchlarda xizmatidan so‘ng razan harbiy-desant o‘quv yurtini tamomlagan. Rossiya qurolli kuchlari safida Kavkaz hududida bir necha harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. "Rossiya qahramoni" unvoni sovrindori. 2008 - 2019-yillarda Ingushetiya Respublikasi prezidenti. 

 

Yangiliklar lentasi
0