06:50 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
44310

Hodisa qariya tushlik qilishga chogʻlangan vaqtda roʻy bergan. Uning qulogʻiga hasharotning vizillagani eshitilgan. Undan xalos boʻlish uchun qoʻliga elektr pashsha oʻldirgichni olgan.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Frantsiyaning Liburn shahrida 80 yoshli erkak elektr pashsha oʻldirgich yordamida hasharotni oʻldirishga urinib, uyini portlatib yubordi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar qilmoqda.

Hodisa qariya tushlik qilishga chogʻlangan vaqtda roʻy bergan. U hasharotning vizillaganini eshitgan va undan xalos boʻlish uchun qoʻliga elektr pashsha oʻldirgichni olgan. Bu orada uyda gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan boʻlgan. Elektr uskunadan chiqqan uchqun gazning portlashiga olib kelgan. Oqibatda oshxona va uyning bir qismi butunlay vayron boʻlgan.

Qoʻllari kuygan erkak kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda uning uyi taʼmirlanmoqda.

Asosiy mavzular