06:37 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
46110

Rossiya tashqi ishlar vazirining Suriya hududida hozircha saqlanib qolayotgan terrorchilar makonlari batamom yoʻq qilinishiga ishonchi komil.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Suriyada terrorchilar makonlariga barham berilmoqda va batamom yoʻq qilinadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.

“Suriya hududida hozircha saqlanib qolayotgan terrorchilar makonlari yoʻq qilinmoqda va batamom yoʻq qilinadi”, - dedi u Damashqdagi matbuot anjumanida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakatdagi bugungi bosqichdagi vaziyatning xususiyati shunga bogʻliqki, Suriya Rossiya koʻmagida xalqaro terrorizmga qarshi kurashda va Suriya davlatchiligini yoʻq qilish rejasi boʻlgan kuchlarga qarshi turdi.

Bugun Sergey Lavrov 2012 yildan buyon birinchi marta Suriyaga tashrif buyurdi. U yerda mamlakat prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Shuningdek, Suriya TIV rahbari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suriyada qurolli mojaro 2011 yildan buyon davom etib kelmoqda. 2017 yil oxirida Suriya va Iroqda “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti ustidan gʻalaba qozonilgani eʼlon qilingan edi. Mamlakatlarning ayrim hududlarini jangarilardan tozalash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda birinchi oʻrindagi ish siyosiy barqarorlik, Suriyani qayta tiklash hamda qochoqlarni qaytarish sanaladi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular