06:03 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
269 0 0

19 kun tibbiy komada boʻlgan Aleksey Navalniy komadan chiqarildi. Uning ahvoli yaxshilangan va u inson nutqini sezishni boshlagan.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. 19 kun tibbiy komada boʻlgan Aleksey Navalniy komadan chiqarildi va sunʼiy nafas berish qurilmasidan uzib qoʻyildi. Bu haqda Berlinning “Sharite” klinikasi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Navalniyning ahvoli yaxshilangan va u inson nutqini sezishni boshlagan.

“Uning ogʻir zaharlashining ehtimoliy uzoq muddatli oqibatlarini baholashga hali juda erta”, - deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 20 avgust kuni Tomsk-Moskva reysi vaqtida Aleksey Navalniyning sogʻligʻi yomonlashgan. Samolyot shoshilinch Omskda qoʻndiriladi, shundan soʻng bloger zudlikda kasalxonaga yotqiziladi.

Omsklik shifokorlar Navalniyga moddalar almashinuvi buzilishi tashxisini qoʻyadilar. Oradan ikki kun oʻtib, bloger rafiqasi  qaroriga koʻra Germaniyaning "Sharite" klinikasiga olib ketiladi va nemis vrachlari bemor ingibit xolinesteraz guruhidagi moddalar bilan zaharlanganini "aniqlaydilar".

"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalnыy boʻyicha qiziq suhbati eʼlon qilindi

Shundan soʻng Germaniya hukumati, bundesver maxsus laboratoriyalariga tayangan holda, Navalniy qonida "Novichok" guruhidagi asabni falaj qilishni keltirib chiqaruvchi modda qoldiqlari topilgani haqida eʼlon qiladi.

Moskva Berlinga Navalniy ishiga oid soʻrov yuborgan.

Asosiy mavzular