22:30 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
253 0 0

Istanbul tungi klubida qonli terakt amalga oshirgan, kelib chiqishi oʻzbekistondan boʻlgan Abdulqodir Masharipovga 40 marotaba umurbod qamoq jazosi belgilandi.

TOSHKENT, 8 sen - Sputnik. Turkiyada terakt uyushtirgan oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 1368 yil qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmodqa Anadolu agentligi. 

Eslatib oʻtamiz, Abdulqodir Mashairpov 2017 yil yangi yil arafasida Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib odamlarni oʻqqa tutgan. Hujum oqibatida 39 kishi qurbon boʻlgan edi oʻnlab odamlar jarohat olgan edi. Keyinroq ushbu terakt uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" terrorchi guruhi oʻz zimmasiga oldi. 

Masharipovning oʻzi ushbu teraktni diniy qarashlari tufayli amalga oshirganini xabar qilgan boʻlsada, Turkiya manbaalari Mashairpov amalga oshirgan jinoyati uchun 150 ming AQSH dollari miqdorida toʻlov olganini taʼkidlashmoqda. 

Istanbul sudi Masharipovni 39 kishining oʻlimida, 79 kishining hayotiga tajovuz qilishda, Konstitutsiyani buzishda, noqonuniy qurol olib yurishda va terrorchi tashkilotga aʼzo boʻlishda aybladi va 1368 yil qamoq hamda 375 ming lira jarima toʻlashga mahkum qildi.

Undan tashqari sud terakt uyushtirishda yordam bergan Ilyës Masharipovni ham 1432 yil qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Undan tashqari, sud Masharipovning xotini Zarina Kazanlayeva hamda terrorchi tashkilot aʼzosi boʻlgan Yasir Moxammed Salem Radaunni 12 yil qamoq jazosiga mahkum qilgan. 

Masharipov bilan birga yashagan Tene Traorega 7 yil, terrorchi tashkilot aʼzo boʻlgan Djelil Chelikka 10 yil qamoq jazosi berilgan.

Asosiy mavzular