13:59 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
24410

Rossiya koronavirusga qarshi nafaqat oʻz hududida kurashmoqda, balki boshqa mamlakatlarga ham yordam qoʻlini choʻzmoqda. Sentyabrga kelib bunday davlatlar soni 39 taga yetdi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Aleksey Stefanov. Rossiya 39 ta davlatga bir milliondan ziyod koronavirusni aniqlovchi test yubordi. Ularning 66 foizi MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga toʻgʻri keladi.

Rospotrebnadzorning Sputnik agentligiga maʼlum qilishicha, dunyoning turli burchaklaridagi tibbiyot muassasalari 1 066 200 ta tekshirishga 10 662 ta toʻplam va 1 054 700 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar olgan.

Yordamning koʻp qismi Rossiya qoʻshnilari (MDH mamlakatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiya) olgan. Jami 699 700 tekshirishga 6 977 ta toʻplam, va 737 200 ta tekshirishga reagentlar.

Pomoщ RF Uzbekistanu i drugim stranam v borbe s koronavirusom
Pomoщ RF Uzbekistanu i drugim stranam v borbe s koronavirusom

MDH orasida eng koʻp test, COVID-19 laboratoriya tashxisi uchun reagentlar hamda oʻtkazish punktlarini jihozlash uchun termometrlarni Qirgʻiziston olgan: 157 000 ta tekshirivga 1570 ta toʻplam, 157 000 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar, tana haroratini kontaktsiz oʻlchash uchun 10 dona uskuna.

Ikkinchi oʻrinda Oʻzbekiston – 138 500 ta tekshiruvga 1385 ta toʻplam, 138 500 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar.

Uchinchi oʻrinda Armaniston – 100 000 ta tekshirishga 1000 ta toʻplam, 128 500 ta tekshirish sinovga tayyorlash uchun reagentlar, tana haroratini kontaktsiz oʻlchash uchun 7 dona uskuna.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular