18:58 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
35110

Indoneziyaning ayrim provintsiyalarida hukumat niqob rejimini buzganlarni jazolashning “innovatsion” usulini qoʻlladi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Indoneziyaning ayrim provintsiyalarida hukumat va koʻngillilar niqob rejimini buzganlarni jazolashning “innovatsion” usulini qoʻlladi va ularni tobut qoʻyiladigan mashina va tobutlarga yotqizib qoʻyishdi. Bu haqda Jakarta Post gazetasi yozmoqda.

Nashrning yozishicha, Probolongo shahrida qonunbuzarlarni koronavirusdan vafot etganlarni tashish uchun moʻljallangan mashinada boʻsh tobut yonida oʻtirishga majburlashgan. Hukumat vakillari avtomobilda ular bilan xavfsizlik choralariga oid tarbiyaviy suhbat oʻtkazishgan.

Taʼkidlanishicha, “Maron Market” bozorining 50 nafar sotuvchisi shunday jazolangan. Shuningdek, ular tobut qoʻyiladigan mashinaga oʻtirishdan tashqari bir haftaga sovdo qilish huquqidan va uch oyga Indoneziya fuqarosi kartasidan mahrum qilingan. Qolaversa, ular bozor va kanalizatsiyalarni tozalashlari kerak.

Gazetaning yozishicha, Jakartaning sharqiy hududlarida niqob rejimini buzganlarni tomoshabinlar ularni suratga tushirishi uchun bir necha daqiqa ochiq tobutga yotqizishgan. Ularga xalq oʻz “qahramonlarini” tanib olishlari uchun yuzlari berkitish taqiqlangan.

Indoneziya Filippin bilan bir qatorda Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng koʻp aniqlangan koronavirus mamlakatlaridan biri boʻlib qolmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Indoneziyada 197 ming nafarga yaqin kishi koronavirus bilan kasallangan. 140 mingdan ziyod kishi tuzalib ketgan. 8 130 bemor pandemiya qurboni boʻlgan.

Asosiy mavzular