15:43 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
222 0 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya bilan  integratsiyani davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi, lekin buning uchun Ittifoq davlat doirasidagi barcha loyihalar ishga tushishi zarur.

Bu haqda bugun Lukashenkodan intervyu olgan rossiyalik jurnalistlar tarkibida boʻlgan “Govorit Moskva” radiostantsiyasining bosh muharriri Roman Babayan oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

“Biz Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyormiz, lekin avvaliga barcha institutlar va Ittifoq davlat doirasida allaqachon mavjud boʻlgan barcha loyihalar haqiqatan ishga tushishi zarur”, - deya u Lukashenko soʻzlaridan keltirgan.

1999 yil 8 dekabr kuni Moskvada Rossiya va Belarus prezidentlari Boris Yeltsin va Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlat tuzish toʻgʻrisidagi shartnomaga imzo chekkan edi. U 2000 yil 26 yanvar kuni ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingandan soʻng kuchga kirdi. Ittifoq davlat tuzish jarayoni yagona iqtisodiy maydon, yagona valyuta, umumiy byudjetni shakllantirish, tashqi va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirgan holda olib borishni nazarda tutadi.

Asosiy mavzular