12:54 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
363 0 0

"Yevropalik yetakchilar oxirgi vaqtda koʻp takrorlashayotgani singari: hozirda Germaniya oʻzining Rossiya bilan "Shimoliy oqim — 2" loyihasini qayta koʻrib chiqishi uchun vaqt keldi", - deb yozgan Ortagus Twitterda.

TOSHKENT, 8 sen – Sputnik. Germaniya Rossiyaning "Shimoliy oqim — 2" loyihasiga nisbatan oʻz munosabatini qayta koʻrib chiqishi uchun vaqt keldi, deb bayonot qildi seshanba kuni AQSH Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus.

"Yevropalik yetakchilar oxirgi vaqtda koʻp takrorlashayotgani singari: hozirda Germaniya oʻzining Rossiya bilan "Shimoliy oqim — 2" loyihasini qayta koʻrib chiqishi uchun vaqt keldi", - deb yozgan Ortagus Twitterda.

Kuni kecha AQSH prezidenti Donald Tramp loyihani amalga oshirishni toʻxtatish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan edi. Ungacha GFR kantsleri Angela Merkel "Shimoliy oqim - 2" masalalari va Aleksey Navalnыy bilan bogʻliq hodisa alohida koʻrib chiqilishi lozimligini taʼkidlagan edi. Oʻz navbatida Germaniyadagi qator siyosatchilar tomonidan "Shimoliy oqim — 2" loyihasini toʻxtatish yoki butkul tugatishga doir chaqiriqlar yangragan edi. Shu bilan birga, ancha bosiq pozitsiyalar ham yangramoqda.

RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov "Shimoliy oqim 2" loyihasi tijoriy loyiha ekanligini, u avvalo butun boshli Yevropa mintaqasi energetik xavfsizligi manfaatlari yoʻlida amalga oshirilayotganini taʼkidladi, Germaniya parlamentariylarining Navalniy voqeasi tufayli uni toʻxtatishga doir chaqiriqlari - bu hech qanday faktlarga asoslanmagan emotsional bayonotlardir. U shuningdek, Kreml Germaniya "Shimoliy oqim 2"ni bloklashi mumkinligi borasida xatarlarni koʻrmayotganini, hozirda loyihani toʻxtatishga qaratilgan har bir chaqiriqqa nisbatan bunday takliflar ahmoqgarchilikdan boshqa narsamasligini taʼkidlovchi ikkita fikr aytilayotilayotganini qoʻshimcha qildi.

Aleksey Navalnыy
© Sputnik / Valeriy Melnikov

Navalniy 20 avgust kuni samolyotdan oʻzini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga koʻra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qoʻyganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha maʼlum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar maʼlumotlariga koʻra, zaharlar aniqlanmagan.

Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substantsiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.

Kreml Berlin Moskvani oʻz xulosalari haqida xabardor etmaganini taʼkidladi, RF TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi.

Dushanba kuni berlinning Charite klinikasi Navalniy holati yaxshilangani, uni komadan chiqarishga muvaffaq boʻlingani haqida xabar berdi.

Asosiy mavzular